So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

22 iyu 16:42
Yangiliklar

Boks/MMA

Mahmud Murodov Floyd Meyvezer bilan qanday tanishgani haqida gapirdi

O'zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov amerikalik afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer bilan tanishib qolishi haqida gapirib berdi.

"Negadir, menga katta shaxslar tez-tez etibor qaratib turishadi. Men ularni yoniga bormasam ham. Masalan, Floyd Meyvezer. Biz u bilan Pragada tanishganmiz. Men Floyd bilan suratga tushishni ham so'ramaganman. SHunchaki, u o'zini qanday tutishini kuzatib turganman. Parvozimiz bekor bo'lgandan so'ng, u bilan tanishib qolganman. Mana besh, olti yildan beri aloqa qilib kelamiz. U mening qanday mashq qilishimni ko'rganidan so'ng, sen aniq eng zo'ri bo'lasan deb keladi. Floyd menga Amerikada yashashni ham taklif qilgan. Lekin, men buni rad qilganman. 

Meni ijtimoiy tarmoqlarda mashxur bo'lib ketishimga ham Floyd sabab bo'lgan. U bilan o'tirganimizda, Floyd menga "suratingni menga jo'nat" -deb qoldi. U "men seni yulduz qilaman" dedi. Ikki kundan so'ng, mashg'ulotlarga kelyotganimda, telefonim shunchaki portlab ketay dedi. 56 ming obunachi qo'shilgan, hamma men haqimda gapiryapti. Hammasi shunday bo'lgandi", - dedi Mahmud Murodov.

Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Mahmud Murodov UFC'da uchta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing