So’nggi yangiliklar

19:02"Ким бундай қилган?" Теренс Кроуфорд P4P рейтингидаги ўрнидан норози 0 18:39Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди 0 18:17"Ва-банкка бораман". Топурия Оливейрани қандай қилиб финиш қилмоқчи эканлигини айтди 0 17:51TUF 33 шоусида Фурқатбек Ёқубовни мағлуб этган Алиби Идрис ҳамюртимизга мурожаат қилди + ВИДЕО 0 17:30Топурия Оливейрани биринчи раундда нокаут қилмоқчи бўлмоқда. Чарльз эса бунга муносабат билдирди 0 17:07Гарет Саутгейт энди рицар! 0 16:46Умар Кремлёв: "IBA'нинг стратегик мақсади Россияни дунё бокс майдонига айлантириш" 0 16:25Истборн (WTA). Остапенко, Радукануда ғалаба, Кенин ютқазди ва бошқа натижалар 0 16:04UzChess Cup. Ниғматов пешқадам, Абдусатторовга таъқибчилар етиб олишди, 7-тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 15:43Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади? 0 15:22Спорт вазири Олимпия ва паралимпия шон шуҳрати музейида ёшлар билан учрашди 0 15:01Камарга яқин турган Муҳаммад Шеховнинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 14:40UzChess Cup. Нодирбеклар баҳсда кутилмаган натижа, Синдаров Аржунга қарши, 6-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 14:19"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди 0 13:58Ига Cвёнтек фаолиятидаги 300-ғалабасига эришди 0

07 jan 13:29
Yangiliklar

Dzyudo

"Maktablarda dzyudo" dasturi ijrosi: Ko'zguda Toshkent viloyati FOTOREPORTAJ

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning “Maktablarda dzyudo” dasturi doirasida mamlakatimizning yigirmata umumtalim maktabida dzyudo to'garaklari faoliyati yo'lga qo'yilgan.

“Maktablarda dzyudo” IJF loyihasi bo'lib, dasturning asosiy maqsadi 5-12 yoshli bolalarni dzyudo orqali ijtimoiy, talimiy va jismoniy ko'nikmalarga o'rgatishdan iborat. Ushbu maktablar IJF tomonidan taqdim etilgan tatami va kimonolar bilan taminlangan. 

Xabar berganimizdek, O'zbekiston dzyudo federaciyasining maxsus ishchi guruhi ushbu dzyudo to'garaklarining bugungi faoliyati bilan tanishishni boshlagandi. Ilk manzil Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 29-umumtalim maktabida faoliyati yo'lga qo'yilgan dzyudo to'garagi bo'lgandi.  

Kecha ishchi guruh azolari Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida joylashgan 6-umumtalim maktabida bo'lib, u erdagi dzyudo to'garagi bilan yaqindan tanishishdi. 

Faoliyat yurita boshlaganiga bir yil bo'lgan ushbu maktabda murabbiy Azamat Tursunqulov bolalarga dzyudo sir-asrorlarini o'rgatib kelmoqda. Hozirda bu maktabda 22 o'g'il bola va 2 nafar qizlar kuniga bir mahaldan mashg'ulot o'tkazishyapti. 

Malumot uchun, O'zbekiston Xalq talimi vazirligi, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi o'rtasida imzolangan Memorandumga binoan joriy 2021 yilda mamlakatimizning yana yigirmata umumtalim maktabida “Maktablarda dzyudo” dasturi bo'yicha dzyudo to'garaklari tashkil etiladi.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi Hakamlar qo'mitasi raisi Nag'monjon Mirzarahmonov murabbiyga esdalik sovg'asi topshirdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing