So’nggi yangiliklar

11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0 09:46ИНТЕРВЬЮ. Жасур Алижонов шогирдлари иштирокидаги сўнгги воқеликлар ҳақида 0 09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 08:01Ўзбекистон Кубогининг биринчи кун ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТО 0 19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0

09 dek 07:46
Yangiliklar

Tadbirlar

Maskatda bo'lib o'tadigan OOK Bosh assambleyasiga tayyorgarlik muhokama qilindi

Teglar :  MOQUmmon
Milliy olimpiya qo'mitasi majlislar zalida Qo'mita raisi Rustam SHoabdurahmonov va tashkilot rahbariyatining boshqa vakillari ishtirokida oldinda turgan bir qator masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

Unda Qo'mita Bosh kotibi O.Kasimov, shuningdek, MOQ raisining barcha o'rinbosarlari va maslahatchilari ishtirok etishdi.

Yig'ilish terma jamoalarimizning kelasi yil bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik holatini muhokama qilish bilan boshlandi. SHuningdek, 2022 yil Xanchjouda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlari uchun selekcion musobaqalarni o'tkazish tartibi va boshqa yo'nalishlar ustida fikr almashildi.

SHuningdek, kun tartibidan joriy yilning 16 dekabr kuni O'monning Maskat shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo Olimpiya kengashining 39-Bosh assambleyasida qatnashish uchun har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rish, jumladan, unda ishtirok etadigan MOQ, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi mutasaddilaridan iborat delegaciya tarkibini shakllantirish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi. Boisi Maskatdagi Bosh assambleya davomida Toshkent shahrining 2025 yilda yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarini qabul qilishi bo'yicha OOK bilan shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hamkasblar bilan do'stona aloqalarni mustahkamlash, bugungi epidemiologik davrda o'zaro tajriba almashish kabi masalalariga ham to'xtalib o'tildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing