So’nggi yangiliklar

20:09Оғир атлетикачимиз Осиё чемпионатида мутлақ чемпион бўлди 0 19:17Перейра дебют жангидаёқ UFC рекордини ўрнатади 0 18:56Виржил Ортис: "Мен у билан жанг қилмоқчиман — тез орада бу тўқнашув амалга ошади" 0 18:35Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди 0 18:14UFC Қатарда турнир ўтказишини эълон қилди 0 17:53Спорт вазирлигида паралимпия ҳаракатини ривожлантиришга бағишланган тақдимот бўлиб ўтди 0 17:32UAE Warriors чемпиони Хотамбек Бойназаровнинг кейинги жанги санаси ва манзили маълум бўлди 0 17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0

07 sen 06:06
Yangiliklar

Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari

Matonatli paralimpiyachilarimiz tantanali kutib olindi FOTOREPORTAJ

Sayyoramiz para atletlari 5 yil orziqib kutgan Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlari ham tarix sahifalaridan joy olib ulgurdi.

O'zbekiston delegaciyasi ushbu o'yinlarda 8ta sport turidan ishtirok etdi. Delegatsiyamiz a’zolari 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medal qo'lga kiritgan holda 168 mamlakat vakillari qatnashgan dunyoning yirik sport anjumanida umumjamoa hisobida 16-o'rinni egallashdi.

Osiyo davlatlari orasida Xitoy, Yaponiya va Eron kabi qudratli davlatlardan so'ng to'rtinchi, MDH davlatlari orasida Rosciya Paralimpiya qo'mitasi, Ukraina va Ozarbayjondan so'ng to'rtinchi, Turkiy davlatlar orasida Ozarbayjondan so'ng ikkinchi va Markaziy Osiyoda birinchi bo'ldik. SHubhasiz, bunday natija Yangi O'zbekiston uchun mustaqilligimizning 30 yillik shodiyonasiga munosib sovg'a bo'ldi.

Mamlakatimizda so'nggi yillarda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ayniqsa ular orasida Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirishga alohida etibor qaratmoqda. Para atletlarimizning nufuzli musobaqalarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarida erishgan tarixiy g'alabalarimiz ham ana shu etiborining samarasidir.

Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlaridan qaytib kelgan matonatli sportchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov boshchiligidagi keng sport jamoatchiligi, OAV vakillari va blogerlar tantanali kutib olishdi.

SHundan so'ng paralimpiyachilarimiz usti ochiq avtobuslarda poytaxtimizning markaziy ko'chalaridan o'tib, “Yangi O'zbekiston” bog'iga yo'l olishdi. SHahar ko'chalariga chiqqan minglab yurtdoshlarimiz matonatli va jasur sportchilarimizni olqishlar bilan kutib olishdi.

“Yangi O'zbekiston” bog'iga etib kelgan mamlakatimiz paralimpiya delegatsiyasi azolari dastlab “Mustaqillik monumenti” poyiga gulchambar qo'yishdi. So'ngra bu erda Paralimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar sportchilarimizning Tokio arenalarida ko'rsatgan matonatu jasoratlarini yuksak darajada etirof etishdi. Xalqimizga olam-olam quvonch ulashgani uchun paralimpiyachilarimizga minnatdorlik bildirildi.

Nihoyat, eng hayajonli lahzalar etib keldi. XVI yozgi Paralimpiya o'yinlarining g'olib va sovrindorlariga Prezident sovg'alari topshirildi. Unga ko'ra, oltin medal sohiblarining har biriga «Tahoe» avtomobili, 200 ming AQSH dollari hamda Toshkent shahridan 3 xonali uy, kumush medal egalariga «Traverse» avtomobili, 100 ming dollar va Toshkent shahridan 2 xonali uy hamda bronza medalini qo'lga kiritgan sportchilarga esa «Trailblazer» avtomobili, 50 ming dollar va Toshkent shahridan 1 xonali uyning kalitlari taqdim etildi. Sovg'alarni O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilovlar tantanali ravishda topshirishdi.

Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, bunday etibor va g'amxo'rlik sportchilarimiz uchun katta motivaciya berish bilan bir qatorda ularni yangi g'alabalar sari ruhlantiradi. Tadbirda so'zga chiqqan sportchilarimiz “bizning motivatorimiz – bu bizning Prezidentimiz” deb bejiz aytishmadi. Zotan, davlatimiz rahbari tomonidan Paralimpiya sportini rivojlantirish va paralimpiyachi sportchilarni qo'llab-quvvatlashga alohida etibor qaratilmoqdaki, bularning mahsulini biz Paralimpiya o'yinlarida qo'lga kiritilgan medallar misolida ko'rib turibmiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing