So’nggi yangiliklar

18:48Икки нафар енгил атлетикачимиз Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:27"Челси" учинчи либосини тақдим этди + ФОТО 0 18:06Уокер Анкалаевдан реванш олишни илинжида 0 17:45Энг ёш UFC жангчиси Рауль Росас UFC Noche турнирида ўзидан деярли 20 ёш катта рақибга қарши октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 17:24Руслан Абдуллаев ўзининг WBA камарини қабул қилиб олди (ВИДЕО) 0 17:03"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди 0 16:42Нодирбек Якуббоев Польшадаги нуфузли турнирда пешқадамлик қилмоқда 0 16:21Чимаев навбатдаги рақиби ким бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:00Александр Усик: "У мен билан жангга тайёр. Мен-чи?" 0 15:39Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари сабаб Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда 0 15:33Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби аниқ...ми? (ФОТО) 0 15:18Хабиб Нурмагомедов UFC’нинг 40 млн долларлик таклифини рад этди 0 14:57Олимпиада чемпиони Иман Хелиф гендер можаролари туфайли фаолиятини якунлади 0 14:36U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди 0 14:15Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум 0

05 iyu 21:58
Yangiliklar

Kurash

Milliy matbuot markazida o'tkazilgan kurash tadbiridan FOTOREPORTAJ

Bugun poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkazilgan Prezident sovrini uchun xalqaro turnir yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4881-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan xorijiy davlatlarda muntazam xalqaro turnirlar o'tkazilib kelinmoqda. 

Bu o'z-o'zidan o'zbek sporti kurashni xalqaro maydondagi nufuzi yanada mustahkamlanishiga hissa qo'shmoqda. O'zbekiston Prezidenti sovrini uchun o'tkazilgan qator xalqaro turnirlarda ishtirok etayotgan davlatlar sonini oshib borishi bu so'zimizni isboti desak mubolag'a qilmaymiz.

7-9 may kunlari Germaniyaning Frankfurt-Maye shahri O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun  o'tkazilgan xalqaro turnirga mezbonlik qilgan  bo'lsa, 28-29 may kunlari Evropaning janubidagi davlat Bolgariya osmonida o'zbek so'zlari jarangladi.

O'n kun avval (26 iyun) poyoniga etgan yana bir turnir haqiqiy kurash bayramiga aylandi. Turkiya davlatining Istanbul shahridagi “Turkish Word Cultural Quarter” madaniyat markazi kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirga mezbonlik qildi. 10 mingdan ortiq tomoshabinni qamrab olgan kurash musobaqasida 20 ga yaqin davlat polvonlari mutloq vazn toifasida o'zaro bellashdilar.  

Bellashuvlar yakunida  quyidagilar shohsupaga ko'tarildilar: 1. Ese Zurnaki (Turkiya), 2. Sitora Xusanova (O'zbekiston), 3. Belkis Zehrakaya (Turkiya), 3. Loreana Aleksandra (Ruminiya)

Erkaklar o'rtasida esa 1. Xurramov Muhammadkarim (O'zbekiston), 2. Qurbonaliev Dadaxon (Tojikiston), 3. Kan Guzel (Turkiya), 3. Resko Viktors (Latviya).

O'zbekiston  Kurash federaciyasi oldida yana ko'plab davlatlarda xalqaro turnirlar o'tkazish rejasi turibdi. Sizu-bizning sportimiz kurashimizning Olimpiya o'yinlariga kiritish oliy maqsadimizdir.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing