So’nggi yangiliklar

16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0 13:45Истборн турнири бош соврини океан ортига кетадиган бўлди 0 13:24Илия Топурия кетма-кет 17-жангда ғалаба қозонди 0 13:03Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади 0 12:42Илия Топурия UFC тарихида аввал ҳеч ким эриша олмаган натижа қайд этди 0 12:21Таллон Грикспор Мальоркани забт этди 0 12:00Жейк Пол - Хулио Сезар Чавес рейтинг жанги тўлиқ давом этди 0 11:39Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди 0 11:18"Жин урсин, бундай бўлмаслиги керак эди" - Дана Уайт Пимблеттнинг октагонга чиққанидан норози 0

25 mar 08:01
Yangiliklar

Boshqalar

Missiya bajarildi: Andijondan piyoda yo'lga chiqqan shovvozlar 1 800 kmdan oshiq yo'l bosib Mo'ynoqqa etib borishdi

Sirdaryolik ikki yurtdoshimiz To'lqin Usmonov va Eldor Jo'raev Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident Farmonini keng targ'ib etish maqsadida mamlakatimiz bo'ylab piyoda yurib chiqishgandi.

Fevral oyining 15-sanasida Andijon shahridan yo'lga chiqishgan sayxunobodlik To'lqin Usmonov va Eldor Jo'raevlar Andijon, Farg'ona, Namangan, Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va nihoyat so'nggi manzil Qoraqalpog'iston Respublikasini ham piyoda bosib o'tishdi.

Ular roppa-rosa 40 kun davomida 1 812 km yo'l bosib bugun kunning ikkinchi yarmida Mo'ynoq shahriga etib borishdi. Ularni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri G'ayrat Bayniyazov boshchiligidagi qoraqalpog'istonlik sportchilar va mahalliy aholi shodu xurramlik bilan kutib olishdi.

Murakkab ob-havo sharoitlariga qaramasdan o'z maqsadi yo'lidan og'ishmay, Mo'ynoqqacha piyoda borishga jahd qilgan yurtdoshlarimizga qoraqalpoq milliy to'nlari kiydirildi.

SHu erda tashkil etilgan tantanali marosimda so'zga chiqqanlar butun mamlakatimiz bo'ylab sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilgan bu ikki yurtdoshimiz shaniga iliq fikrlarni bildirishdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing