So’nggi yangiliklar

19:10"ММА (UFC) 10–15 йил ичида дунёдаги энг йирик спорт турига айланади" - Сехудо 0 18:45Хамзат Чимаев аниқ зарбалар бериш бўйича UFC рекордини ўрнатди 0 18:24Чимаев октябрда Абу-Дабида жанг қилишга тайёр 0 18:01Гвардиола Эдерсон билан боғлиқ вазият ҳақида: "Агар футболчи кетишни истаса, у кетиши керак" 0 17:40"Умид қиламан". Чимаев Топурия ва Царукян жанги ҳақида гапирди 0 17:21Хамзат Чимаев Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:00Уч дзюдочимиз "Russian Judo Tour" мусобақасида шоҳсупага кўтарилди, Сарсенбаев чемпион бўлди! 0 16:39Дю Плесси мағлубиятдан сўнг: "Хамзатнинг назорати ақлбовар қилмас даражада. Ҳеч нарса ўхшамади" 0 16:17"Арсенал" бразилиялик футболчига қизиқиб қолди 0 15:55Уайт Жон Жонс Оқ уйдаги турнирнинг асосий жангида чиқишини истамайди 0 15:27Дрикус дю Плесси UFC’да илк мағлубиятини қабул қилиб олди 0 15:02Уайт Чимаевнинг навбатдаги жанги ҳақида: "Албатта Абу-Даби ҳақида ўйлаб кўрдим" 0 14:39Родригонинг "Реал"дан "Манчестер Сити"га эҳтимолий ўтиш тафсилотлари маълум бўлди 0 14:16ММА юлдузларининг Чимаев — Дю Плесси жангига муносабати 0 12:53Боксчиларимиз Ливерпулдаги Жаҳон чемпионати олдидан Англиянинг ўзида йиғин ўтказишади 0

31 may 20:53
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ rahbariyati Prezident topshirig'i asosida hududlarga tashrif buyurmoqda

Teglar :  MOQ
Malumki, joriy yilning 23 may sanasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida sport talimini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazilgan edi.

Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyatiga mazkur yo'nalishda bir qator topshiriqlar berildi. 

Milliy Olimpiya qo'mitasi va Sportni rivojlantirish vazirligi hamkorlikda tuzilgan reja asosida berilgan topshiriqlar ijrosini hududlar kesimida amalga oshirish ishlarini boshlab yubordi.

Ayni paytda Qo'mita raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov va SHerzod Tashmatov  Andijon viloyatida bo'lib turishibdi. 

Ular viloyat hokimligi, sportni rivojlantirish boshqarmasi, BO'SM, IBO'SM, OZKlarning masul mutasaddilari, trener va hakamlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Azizjon Kamilov Muxtaram Prezidentimiz tomonidan videoselektor yig'ilishida bildirilgan barcha tanqidiy etirozlar o'rinli ekanligi, sohada yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun  ustuvor vazifalar belgilab berilganligini aytib o'tdi.

Biz birgalikda bu ishlarni samarali tarzda amalga oshirib, masuliyat va vijdonan ishlashimiz kerak, deb  takidladi so'z yakunida A.Kamilov. 

Tashrif davomida ishchi guruh sport maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlari, federaciyalar va Respublika oliy sport maxorati maktablari o'rtasida selekciya borasida uzviy yangi mexanizmni shakillantirish, sport talimini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash, Olimpiya zaxiralari kollejlaridan munosib sportchilarning etishib chiqmasligi sabablari,  joylardagi mutaxassis va trenerlarning malakasi, yoshlarni sportga jalb qilish, iqtidorli sportchilarni saralash va selekciya qilish bo'yicha milliy chempionatlarning viloyat bosqichini o'tkazish tizimlarini o'rganib chiqdi. 

Bundan tashqari xududlarda sport turlari bo'yicha faoliyat olib borayotgan trenerlar va hakamlarning shaffof - odilona ishlash tizimini yaratish, ularning saloxiyatini hamda  ishlash samaradorligini oshirish masalalari ham ko'rib chiqildi.

Uchrashuv davomida SHerzod Tashmatov, hududlarda yoshlarni sportga jalb etish, ularni saralash bo'yicha yangi tizim joriy qilish bo'yicha Prezidentimiz bergan topshiriqlari asosida, dzyudo va taekvondo sport turlari misolida yangi tizim ishlab chiqilganligini qayd etdi va bu tizim mexanizmi bo'yicha musobaqalarni sport turlari xususiyatlaridan kelib chiqib, xar bir hududning tuman va shaxarlarida yosh toifalari bo'yicha zonalar va sektorlar kesimida musobaqalarni o'tkazish, mazkur  sektorlarga masul trenerlar va mutaxassislarni biriktirish, musobaqalarni boshqarishda shaffof va odilona xakamlik korpuslarini yaratish kerakligi hamda musobaqada g'olib va sovrindor bo'lgan iqtidorli sportchilarni sport maktablari va Olimpiya zaxiralari kollejlariga yo'naltirish tizimi bilan tanishtirib o'tdi. 

 (http://taekwondo.uz/wp-content/uploads/2022/05/photo_2022-05-31_12-34-09.jpg)Ushbu ishlab chiqilgan yangi tizim mexanizmi boshqa olimpiya sport turlari bo'yicha ham zonalar va sektorlar kesimida yoshlarni sportga jalb etish va selekciya musobaqalari o'tkazishda qo'llanilishini malum qildi. 

Ishchi guruhning keyingi manzili Farg'ona  viloyati bo'ladi.





Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing