So’nggi yangiliklar

10:47Исроил Мадримов фарзандли бўлди (ФОТО) 0 10:26UzChess Cup. Абдусатторов жаҳон чемпиони билан ўйнади, ўзбек дербисида муроса, 8-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 10:05Анкалаев Перейра билан реванш қачон ўтказилишига ишора берди 0 09:44Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади 0 09:23PFL World Tournament 7 иштирокчилари тарозига чиқишди, иккита жанг бекор қилинди 0 09:02Қайсери турниридаги теннисчиларимиз рақибларига йўлни курашсиз бўшатиб беришди 0 08:41Топурия ва Оливейранинг илк face to face маросими дўстона руҳда ўтди + ФОТО 0 08:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди 0 07:59Гэтжи барибир камар учун жанг олишини кутмоқда 0 07:38Бокс афсоналаридан бири Шоҳжаҳон Эргашевнинг жангига келади (ФОТО) 0 07:17Тошкентда стол тенниси бўйича Осиё чемпионатининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0

18 noy 14:20
Yangiliklar

Og'ir atletika

Nigora Suvonova – Jahon kubogi sovrindori!

SHu kunlarda Peru markazligida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasida onlayn tarzda o'tayotgan Jahon kubogi bahslari qizg'in pallaga kirgan.

Unda O'zbekiston terma jamoasi azolari ham munosib ishtirok etishmoqda. 71 kg vazn toifasida supachaga chiqqan qizlar bahsida Nigora Suvonova kumush medaliga sazovor bo'ldi. Etiborlisi, 15 yoshli vakilamizning asosiy raqiblari o'zidan ikki yosh katta qizlar edi.

Dastlab dast ko'tarish mashqida o'zini sinab ko'rgan hamyurtimiz ikki urinishni o'ziga bo'ysindirdi va 91 kg natija ko'rsatib, asosiy raqibi filippinlik 17 yoshli Vanessa Sarnoga 2 kg (93 kg)ga imkoniyatni boy berdi. 3-o'rin 90 kg toshni dast ko'targan Okeaniya mintaqasi vakili, naurulik Nensi Aboukuga nasib etdi.

Siltab ko'tarish mashqida ham ayni ushbu uch atlet g'oliblik uchun kurash olib bordi. Vanessa barcha harakatlarini muvaffaqiyatli bajarib, 118 kg bilan g'olib chiqdi. Ikkinchi o'rin vakilamizga nasib etdi. U 119 kg lik uchinchi urinishni amalga oshira olmadi, 117 kg bilan kifoyalandi. Bronza medali 110 kg li urinishini muvaffaqiyatli yakunlagan naurulik qizga nasib etdi.

SHunday qilib ikki kurash yakuniga ko'ra, filippinlik Vanessa Sarno 211 kg (93+118) bilan oltin, hamyurtimiz Nigora Suvonova 208 kg (91+117) bilan kumush, naurulik Nensi Abouku 200 kg (90+110) bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, bundan avval 55 kg gacha bo'lgan vazn toifasida supachaga ko'tarilgan Husenboy Matrasulov dast ko'tarish mashqida faxrli 1-o'rinni, shu vaznda Nigora Abdullaeva ikki kurash mashqi yakuni bo'yicha oltin medalni qo'lga kiritgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing