So’nggi yangiliklar

20:00Дебютдан чемпионлик жангигача: Хамзат Чимаевнинг UFC’даги беш йили қандай ўтди? 0 19:23Ямал ўз хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози? 0 19:02Мағлубиятсиз одимлаётган проф боксчимизнинг кейинги жанги камар учун бўлади 0 18:41Дзюдочиларимиз жаҳон чемпионатига тўлиқ куч билан тайёргарлик кўришмоқда ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:20Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида IBF камари учун даъвогарлик жанги белгиланди 0 17:59"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси 0 17:38Дю Плесси: "Чимаев беш раунд ҳақида ўйламаяпти, лекин..." 0 17:17"Saber" жамоамизнинг "Аёллар дзюдо лигаси"даги рақиблари маълум 0 16:56Мадримовнинг вазнидаги чемпион Фундоранинг навбатдаги жанги тафсилотлари очиқланди 0 16:35"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак 0 16:14Ига Свёнтек Цинциннати WTA 1000 турнири 1/4 финалида ўйнайди 0 15:53Тўрт кун олдин Дана Уайт Даъвогарлар турнирида ғалаба қозонган рус жангчиси UFC 319 турнирида октагонга чиқади 1 15:32Энтони Жошуа Андре Уорднинг чақирувига жавоб берди 0 15:11Аббосбек Файзуллаевнинг нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани очиқланди 0 14:50Арман Царукян: "Ҳатто "стойка"да ҳам Топуриядан яхшиман. Бу менинг камарим!" 0

07 may 17:55
Yangiliklar

Boks/MMA

Olamsport.com sayti jurnalistlari Kanelo-Bivol jangiga o'z taxminlarini bildirishdi

Teglar :  KaneloKanelo-Bivol
Saytimiz hodimlari Kanelo-Bivol jangi haqida taxmin qildi.

Kamoliddin Alimov

Kanelo-Bivol jangida imkoniyatlar meksikalikning foydasiga - 60/40. Bir narsani unutmaslik kerak - Saul odatdagidan bitta yuqori vaznda ringga ko'tariladi. Bu Dmitriyga ustunlik berishi mumkin. Bu uning vazni va kamarini 10 marta muvaffaqiyatli himoya qilgan. Lekin Alvares bejizga P4P reytingida etakchi emas. Unga ortiqcha tarif shart emas. Yangi vazndagi motivaciya, tajriba, bundan tashqari oqshom Meksikaga yaqin hududda bo'lib o'tadi. SHu nuqtai nazardan ham Kaneloning g'alaba qozonish imkoniyatlari yuqori. Jang 9 yoki 10-raundda yakunlanadi.


Aziz To'xtamurodov

Kanelo va Bivol o'rtasidagi jang oqshomida faqat ikki bokschiga muxlislik qilaman: o'zimizning Elnur Abduraimov va SHahram G'iyosov. Markaziy jangda esa chiroyli boks tomosha qilmoqchiman. Jang to'liq davom etib, unda Saul Alvares g'alaba qozonsa kerak. Vazn o'zgargani hisobiga uning imkoniyatlari biroz pasayib, Bivolda ustunlik oshgandek tasavvur uyg'onishi mumkin, lekin bugungi kunda Kaneloning mag'lub bo'lishini shunchaki tasavvur qila olmayapman.



Nig'monxo'ja Nozimov

Kanelo Bivol jangida rossiyalikka muxlislik qilaman. Aynan Bivol Kaneloning engilas emasligini isbotlab beradigan bokschi bo'lishiga ishonaman. Ko'pchilik bu jangda aynan meksikalikning g'alabasini kutmoqda, biroq Bivol bu taxminlarga nuqta qo'yadi. Jangda nokaut evaziga Bivol g'alaba qozonadi deb umid qilaman, chunki jang to'liq 12 raund davom etsa katta ehtimol bilan hakamlar g'alabani Saulga berib yuborishadi.



Sarvinoz Raxmonqulova

Har ikki bokschiga birdek muxlislik qilganman. Lekin jurnalist sifatida boksda intirga ortishi, Kaneloni to'xtatishi mumkin bo'lgan bokschi borligini kimdir isbotlashi kerak bo'lgani uchun ham bu jangda Dmitriy Bivol g'alaba qozonishini istayman.

Bivol Kaneloning karerasidagi eng jiddiy raqib ekanligini isbotlasa, prof boksda yangi tarix yaratilar edi. Bu shunchaki xohish. Asl haqiqatga qaraydigan bo'lsak, baribir bu to'qnashuvda meksikalik ustun. Kanelo-Bivol uchrashuvi 12 raund yuqori tempda davom etib, yakunda Amerika tantana qiladigan jang sifatida tarixda qoladi.


Xurshida Abdikulova

Boks muxlislari orzuqib kutayotgan oqshom kutilganidek eng zo'r kecha bo'lishiga ishonaman. Kanelo va Bivol o'rtasidagi jangga keladigan bo'lsak, bu bahsda Saul yutsa kerak deb o'ylayapman. Ammo oldindan bir nima deb bo'lmaydi. Sababi Bivol ham jangga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Eng muhimi jang oxirigacha davom etishi tarafdoriman. Barchasini ertaga tongda bilib olamiz. Kechada ringga ko'tariladigan SHahram G'iyosov va Elnur Abduraimovga omad tilayman va ulardan faqat g'alaba kutaman.


Kamron Hasanov

Bu jangda baribir Bivol g'alaba qozonishini xohlayman. Bivol masofada yaxshi ishlaydi, o'ylaymanki jangni o'z foydasiga hal qila oladi. Albatta, Kanelo P4P yulduzi va nom jihatdan bu jangda u favorit deb ko'rilmoqda. Bu jangni oldindan taxmin qilish qiyin. Nima bo'lganda ham to'qnashuv juda qiziq bo'lishiga ishonaman. Bivol g'alaba qozonishni istasa jangni muddatidan oldin yakunlashi kerak. Menimcha, jang oxirigacha davom etadigan bo'lsa, Kaneloning g'alaba  qozonish imkoniyati yuqori bo'ladi.


Diyor Mavlonov

Kanelo-Bivol jangida ko'pchilik singari men ham rossiyalik bokschiga muxlislik qilaman, bu huddi futbol o'yiniga o'xshaydi, yoshroq, kuchsizroq bo'lgan jamoaga muxlislik qilganingizdek. SHunday bo'lsada, Bivol Kanelo uchun so'nggi yillardagi eng munosib raqiblardan, jang qiziqarli o'tishi aniq. Jangda Saulning qo'li baland kelishi ehtimoli ko'proq. Lekin menimcha, jang durang natija bilan yakunlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing