10 avg 10:45
Yangiliklar

Bivol IBF`dan kamarning majburiy himoyasini tibbiy tomondan kechiktirishni so'radi
Rossiyalik bokschi tashkilotdan IBF chempionik kamari himoyasini tibbiy nuqtai nazardan kechiktirishni so'ramoqda deb xabar bermoqda BoxingScene. Bivol 2025 yilning 1 iyuliga qadar germaniyalik Mixael Ayfertga qarshi majburiy himoya jangini o'tkazishi kerak.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Bivol bel bilan bog'liq eski jarohati muammolari fonida o'tkazilgan operaciyadan tiklanish jarayoni boshlanganini elon qilgan edi. 23 fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod bo'lib o'tgan so'nggi jangda Dmitriy hamyurti Artur Beterbievga qarshi ringga ko'tarilgandi. Bokschilar uchun bu revansh edi. Jang to'liq 12 raund davom etgan va unda hakamlarning qaroriga ko'ra (114-114, 116-112, 115-113) Dmitriy g'alaba qozongandi.
Fikrlar