11 avg 17:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivolning ringga qaytish muddati aytildi
Matchroom Boxing rahbari Eddi Xirn yarim og'ir vaznda jahon chempioni Dmitriy Bivolning qachon ringga qaytishi mumkinligini aytdi.
Rus bokschisi yaqindagina bel jarohati tufayli operaciya qilingandi.
"U noyabr oyida boks tushishga tayyor emas. Ehtimol, siz uni yil oxirigacha yoki kelasi yil boshigacha ringda ko'rmassiz. U jismonan tayyor bo'lgach, qaytadi", deydi Xirn.
Bivolning so'nggi jangi fevral oyida Artur Beterbievga qarshi bo'lgandi. O'sha jangda Dmitriy ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.
Havola :
Manba : Boxing News
Fikrlar