12 avg 12:47
Yangiliklar

"50 yoshimda ham Bivol bilan jangni rad etmasam kerak" - Artur Beterbiev
Malumot uchun, Beterbievning navbatdagi raqibi Deon Nikolson bo'ladi, jang 22 noyabrda Ar-Riyodda o'tkaziladi.
— Ko'p muxlislarning xafsalasi pir bo'ldi. Ularga nima deysiz?
— Ular hafa bo'lishganini tushunaman — men ham bu jangni kutganman va u sport uchun ham, biz uchun ham muhim deb hisoblayman. Ammo unutmang, jang tashabbusini doimo men ko'rsatganman. Faqat tayyor ekanimni aytmasdan, aniq sana va shartlarni ham taklif qilganman. Bivol tomonidan esa faqat sukut va bahonalar bo'ldi. Menimcha, muxlislar faqat chiroyli so'zlarni emas, amalda qilinadigan ishlarni ham ko'rishga haqli.
— Agar Bivol jangga chiqishga qaror qilsa, tayyor bo'lasizmi?
— Balki, men 50 yoshga to'lganimdami? Lekin… hatto o'shanda ham, ehtimol, rad etmasam kerak, — dedi boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Artur Beterbiev.
Fikrlar