So’nggi yangiliklar

23:00Азамат Нуфтиллаев камар соҳиби бўлди, "Сатурн"да рақиб ўзгарди ва "Octagon 75" турнирининг барча натижалари 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

05 iyu 18:18
Yangiliklar

Velosport

Olimpiadaga tayyorlanayotgan Olga Zabelinskaya Turkiyadagi musobaqada g'alaba qozondi

Velosport bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari ayni paytda Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlari olib borishmoqda.

Yig'in davomida sportchilarimiz shosse yo'nalishida xalqaro musobaqada ham ishtirok etishdi.

Turkiyaning Kahramanmarash shahrida 107 km masofaga ayollar o'rtasidagi poyga tashkil etildi. Unda O'zbekiston, Turkiya, Rossiya, Qozog'iston va Ukraina mamlakatlaridan 30 dan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Quvonarlisi, bahslarda O'zbekiston sharafini himoya qilgan Olga Zabelinskaya barcha raqibalaridan tezroq marraga etib keldi va musobaqa g'olibasiga aylandi.

SHuningdek, yosh velosportchimiz Yanina Kuskova marraga o'ninchi bo'lib etib keldi. Bu yoshlar toifasidagi eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi. SHu bois Kuskova musobaqaning «Eng yaxshi yosh poygachisi» deb topildi.

Musobaqada qatnashgan boshqa velosportchilarimizning natijasi esa quyidagicha ko'rinish oldi:

Sofiya Karimova – 21
Madina Qahhorova – 24
Anna Kulikova – 25
SHahnoza Abdullaeva – 26

Bundan tashqari, kecha erkaklar o'rtasida 167 km masofaga (dengiz sathidan 4700 metr balandlikda) poyga bahslari ham tashkil etildi. Ushbu musobaqada qatnashgan yigitlarimizdan Aleksey Fomovskiy 22-natijani ko'rsatdi. SHuningdek, bahslarda qatnashgan Akrom Sunnatov va Danil Evdokimov kuchli 50 nafar sportchi orasidan o'rin oldi. Ushbu musobaqa yosh velosportchilarimiz uchun o'ziga xos tajriba vazifasini bajarib bersa, Zabelinskaya uchun Olimpiada oldidan sinov bo'lib xizmat qildi.

Eslatib o'tamiz, velosportchilarimizning 30 iyun kuni boshlangan yig'inlari 19 iyulda o'z yakuniga etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing