So’nggi yangiliklar

23:10Боксчиларимиз Жаҳон кубогида 6 та олтин медалга сазовор бўлишди 0 19:01Менежер Магомед Анкалаев учун энг қийин рақиб кимлигини айтди 0 18:39Жасур Алижонов Темиров - Алмабаев жанги ҳақида: "Бу мухлислар учун томошабоп жанг бўлади" 0 18:17Анчелоттига Бразилия термасида кимлар ёрдам бериши маълум 0 17:53Бивол - Бетербиев жанги бўйича дастлабки келишувга эришилди 0 17:25Баҳодир Жалолов IBF рейтингида 12-ўринда қайд этилди 0 17:03Хамзат Чимаев: "Махачев — Топурия жанги мухлислар истаги" 0 16:39"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда 0 16:17"Биз Асу Алмабаев билан жангдан воз кечмоқчи эдик" - Рамазон Темировнинг мураббийи 0 15:55WBC рейтинги янгиланди: Баҳодир 7-поғонада. Қолганларнинг ўрни қандай? 0 15:32Илия Топурия яримўрта вазн тоифасига кўтарилиш эҳтимоли ҳақида гапирди 0 15:10"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда 0 14:48Жервонта Дэвис – Ламонт Роуч реванши санаси маълум қилинди 0 14:20Жамал Хилл Анкалаевга қарши жанг қилмоқчи 0 13:58Жейк Пол ва Александр Усик 2026 йили ўзаро жанг қилиши мумкин 0

15 may 12:11
Yangiliklar

SHaxmat

Osiyo chempionati. Gulruhbegimda g'alaba, Afruzada durang

Ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashyapti. Qita chempionatining ayollar o'rtasidagi bahslarida 23 davlatdan 101 nafar ishtirokchi medallar uchun dona surmoqda. 

Terma jamoamiz etakchilari 8-turda muhim ochkolarni o'z hisoblariga qo'shib qo'yishdi. Yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni Afruza Hamdamova qora donalarda hindistonlik Geyt Svati bilan durang o'ynadi. Gulruhbegim Tohirjonova esa oq donalarda rossiyalik Anastasiya Bondarukni mot bilan yutdi. 

Tajribali shaxmatchimiz Nodira Nodirjonova singapurlik raqibasi bilan murosaga keldi. Bu turda Guldona Karimova, Asal Salimova, Umida Omonova Marjona Malikova va Nilufarxon Imomqo'zieva raqiblarini mag'lub etishni uddalashdi. Zilola Aktamova, Liliya Belaya, Rukiya Olimova, Madinabonu Xalilova va Odina Olimova mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. Mohim O'rozmuhammedova durang o'ynadi. 

Sakkizinchi turdan so'ng qizlarimiz orasida eng yaxshi natijani Gulruhbegim Tohirjonova qayd etib turibdi. U 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-pog'onadan 6-o'ringa ko'tarilib oldi. Ikkinchi o'rinni egallab turgan hindistonlik Srija Seshadri hisobida ham 6 ochko bor. Mo'g'ulistonlik Bat-Erdene Mungunzul 7 ochko bilan yakka karvonboshilikni davom ettirmoqda. Hamdamova 5,5 ochko bilan 11-pog'onadan joy olgan. 

Bugun o'tkaziladigan 9-turda Tohirjonova qora donalarda o'zi singari 6 ochkoga ega bo'lib turgan xitoylik Song Yusinga qarshi bahs olib boradi. Gulruhbegim jahon Kubogiga beriladigan yo'llanma uchun juda ham yaqin turibdi. Hamdamova esa oq donalarda o'zi singari 5,5 ochkoga ega rossiyalik Mariya Yakimova hisob-kitob qiladi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing