16 may 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Jasur Alijonov Temirov - Almabaev jangi haqida: "Bu muxlislar uchun tomoshabop jang bo'ladi"
UFC jangchimiz Ramazon Temirovning murabbiyi Jasur Alijonov sportchimizning qozog'istonlik Asu Almabaevga qarshi jangiga oid savollarga javob qaytardi.
- Asuni yaxshi bilasizmi va u bilan avval ham uchrashganmisiz?
- Biz Asu bilan tanishmiz. So'nggi marotaba u Manael Kapega qarshi jang qilgan UFC turnirida uchrashgandik. U asosiy jangda qatnashgandi. Ramazon esa o'shanda Jonson bilan jang qilgandi.
- Jangga tayyorgarlik boshlanganmi?
- Ha, tayyorgarlik qizg'in davom etmoqda. Yaxshi tayyorlanib, g'alaba uchun barcha ishni qilmoqchimiz.
- Ramazonda ustunlik "stoyka"da. Almabaevda esa kurash yaxshi. Bu jang uslublar qarama-qarshiligi bo'lishiga ishonasizmi?
- Fikringizga qo'shilaman. Bu muxlislar uchun ham tomoshabop jang bo'ladi. Jang barcha uchun qiziq bo'ladi. Kuchli sportchi g'alaba qozonsin.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar