16 may 18:17
Yangiliklar
Futbol

Anchelottiga Braziliya termasida kimlar yordam berishi malum
Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Rio-de-Janeyroda istiqomat qiladi.
Murabbiy o'zi bilan to'rt nafar mutaxassisni olib keladi, deya xabar bermoqda TNT Sports Brasil.
Qayd etilishicha, italiyalik murabbiyning shtabida Franchesko Mauro (yordamchi), Beniamino Fulko (jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy), Simone Montanauro (tahlilchi), shuningdek, o'g'li Davide Anchelotti bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, 65 yoshli mutaxassis mavsum yakunidan so'ng Braziliya termasiga ustozlik qilishni boshlaydi.
Havola :
Manba : TNT Sports Brasil
Fikrlar