16 may 19:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Menejer Magomed Ankalaev uchun eng qiyin raqib kimligini aytdi
UFC chempioni Magomed Ankalaevning menejeri Ali Abdel-Aziz sportchining Aleks Pereyra bilan qarama-qarshiligi haqida gapirdi.
"Revansh qanday kechadi? Aleks uchun bu juda og'ir oqshom bo'ladi. Hamma undan qo'rqadi. Lekin Ankalaev nima qila olishini yaxshi tushunadi. U qattiq zarba berishni biladi. Uning jag'i Aleksnikidan ancha baquvvat.
SHunga qaramay, menimcha, Aleks — Ankalaev uchun eng qiyin raqib. Irji Proxazkani yoki boshqani bunday deb bo'lmaydi. Rostini aytsam, ular Ankalaev va Aleks darajasida emas", — dedi Abdel-Aziz Submission Radio kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : Submission Radio
Fikrlar