16 may 15:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Iliya Topuriya yarimo'rta vazn toifasiga ko'tarilish ehtimoli haqida gapirdi
UFC'ning yarimengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Iliya Topuriya yarimo'rta vazn toifasiga o'tish ehtimoli haqida gapirdi.
"Yarimo'rta vaznga o'tish? Nima uchun yo'q. Bu muxlislarning istagiga bog'liq. Ular meni yarimo'rta vazn toifasida ko'rishni istashadimi? Men odamlarni xursand qilish uchun jang qilaman.
Men chorlovlardan motivaciya olaman va shuning uchun yarimo'rta vazn toifasi eshiklarini yopib qo'ymoqchi emasman. Agar imkoniyat va ajoyib jang bo'lsa men roziman", - dedi Iliya Topuriya.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar