So’nggi yangiliklar

09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0 07:52Хаби Алонсо АПЛнинг антирекордини такрорлади 0 22:25Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Иккита терма жамоамиз мағлубиятларни қабул қилиб олди 0 18:30Александр Волкановски Рамазон Темировнинг вазнидаги чемпион ҳақида фикр билдирди 0 17:12"Райан Гарсия фақат фаолиятини тугатган жангчилар билан жанг қилмоқчи" - Теренс Кроуфорд 0 16:00"Тоттенхэм" Икардини эркин агент сифатида ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:54Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 14:19"Топурия Гэтжи билан реваншга лойиқ эмас" - Арман Царукян 0 13:42Умар Кремлёвга Латвияга киришни тақиқлаб қўйишди 0 12:30"Челси" ўз юлдузини "Ливерпуль"га 100 миллион фунтга сотишдан бош тортди 0 11:49Дмитрий Биволнинг фаолиятидаги энг катта гонорар маълум қилинди 0 10:26Тарихий муваффақият: Ўзбекистон парашахмат терма жамоаси Олимпиадада илк бор бронза медалларини қўлга киритди! 0 09:45Ўсмирлар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари 0 08:35Англия Лига Кубоги. "Манчестер Сити" "Норвич Сити"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди 0

16 may 10:04
Yangiliklar

SHaxmat

Kuchli uchlikka kirgan Vohidov jahon Kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi, Gulruhbegim va boshqa etakchilarimiz missiyani bajara olishmadi

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

Mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etgan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashdi. Osiyo chempionati shu yil o'tkaziladigan jahon Kubogiga yo'llanma berishi bilan ham ahamiyatli edi. Ushbu yo'llanmaga terma jamoamiz azolaridan birgina SHamsiddin Vohidov ega chiqdi. 

Osiyo chempionatining so'nggi 9-turida ikki grossmeysterimiz SHamsiddin Vohidov (2641) qita birinchiligida qatnashgan birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Yakubboev (2665) o'zaro to'qnash kelishdi. O'zbekcha derbida durang natija qayd etildi. To'qqiz imkoniyatdan 6,5 ochko to'plagan SHamsiddin Vohidov uchinchi o'rin sohibi sifatida bronza medali bilan birga jahon Kubogi yo'llanmasini ham qo'lga kiritdi. SHuningdek, u 6000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega chiqdi. Nodirbek Yakubboev 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 15-o'rinni egalladi. Bu pog'ona uchun 500 AQSH dollari taqdim etildi. 

Qizlarimizdan eng yaxshi natijaga Afruza Hamdamova erishdi. Yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni co'nggi 9-turda rossiyalik Mariya Yakimovani mag'lubiyatga uchratdi. To'qqiz imkoniyatdan 6,5 ochko to'plagan Hamdamova 8-o'rinni band etdi. Afsuski, Gulruhbegim Tohirjonova Osiyo chempioni bo'lish imkoniyatidan foydalana olmadi. U 9-turda qora donalarda o'zi singari 6 ochkoga ega bo'lib turgan xitoylik Song Yusinga yutqazib qo'ydi. Song ushbu g'alabasi evaziga 7 ochko bilan Osiyo chempioniga aylandi. Gulruhbegim 6 ochko jamg'argan holda 10-o'rin bilan kifoyalandi. Hamdamova 800, Tohirjonova 600 AQSH dollariga ega bo'lgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing