So’nggi yangiliklar

22:00"Octagon 75" турнирининг барча натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

30 iyu 19:36
Yangiliklar

Boshqalar

Osiyo Paralimpiya qo'mitasi rahbari "Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetiga tashrif buyurdi

Teglar :  Paralimpiya
Avval xabar berganimizdek, Osiyo Paralimpiya qo'mitasi prezidenti Majid Abdulla Rashid boshchiligidagi delegaciya azolari amaliy tashrif bilan yurtimizda bo'lishdi.

Tashrifning ikkinchi kunida janob Majid Abdulla Rashid o'z hamrohlari bilan ko'hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida bo'lishdi. Samarqandga tashrifi doirasida yuqori martabali "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti bilan tanishdi.

Tashrifdan ko'zlangan maqsad – turizm va sport sohasida belgilangan rejalarni amalga oshirishda universitet faoliyati bilan tanishish edi.

Tashrif davomida mehmonlar universitetda imkoniyati cheklangan insonlarga yaratilgan sharoitlar, talabalarning laboratoriyalarda amaliy mashg'ulotlar o'tkazishi, ularning sport va ijodiy ish bilan shug'ullanishi uchun jihozlangani, zamonaviy kutubxonada Osiyo tarixi, madaniyati va merosi haqida nodir nashrlar to'plangan katta adabiy zaxira mavjudligiga alohida etibor qaratishdi.

Uchrashuv yakunida janob Majid Abdulla Rashid universitet talabalari uchun yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadi va ularga nafaqat sport sohasida, balki o'qishda ham muvaffaqiyat tiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing