So’nggi yangiliklar

15:22Спорт вазири Олимпия ва паралимпия шон шуҳрати музейида ёшлар билан учрашди 0 15:01Камарга яқин турган Муҳаммад Шеховнинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 14:40UzChess Cup. Нодирбеклар баҳсда кутилмаган натижа, Синдаров Аржунга қарши, 6-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 14:19"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди 0 13:58Ига Cвёнтек фаолиятидаги 300-ғалабасига эришди 0 13:37Топурия ёки Оливейра. Махачевдан қолган камарни ким олади? UFC 317 карди билан танишинг 0 13:16Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 12:55“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди 0 12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0

27 dek 09:20
Yangiliklar

Dzyudo

Otabek Husanov: Olimpiada medalini ham qo'lga kiritishimga ishonaman

Poytaxtimizda dzyudo bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati o'z g'oliblarini aniqladi.

Unda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan 800 nafarga yaqin yosh dzyudochilar jami 20 ta vazn toifasida kuch sinashdilar.

SHiddatli bahslarga boy o'tgan mamlakat birinchiligida -60 kg vazn toifasida O'zbekiston chempioni degan sharafli nomni qo'lga kiritgan va «Eng chiroyli usulni qo'llaganligi uchun» maxsus nominaciyasida g'olib topilgan Otabek Husanovni suhbatga tortdik.

Otabekning yana bir muvaffaqiyati shundaki, u chempionat davomida barcha raqiblarini Ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratib, tomoshabinlar etirofiga sazovor bo'ldi.

–Bolalagim boshqa tengdoshlarim, sinfdoshlarimdan farqli o'tayapti. Sababi kichkinaligimdan mashg'ulot zallari, kimono va dzyudo musobaqalarini tahliliga bag'ishlangan suhbatlar ichida ulg'aymoqdaman, desam mubolag'a bo'lmaydi.

Otam Otamurod Husanov – murabbiy, dzyudo bo'yicha yoshlarga saboq berib keladi. Aynan 5-6 yoshimdan boshlab otamning qo'li ostida shug'ullanishni boshlaganman. Bir necha yil faqat chigal yozdi mashg'ulotlarini bajarardim. Bu ko'pam yoqmasdi. Tatamida o'zimni sinab ko'rgim kelardi. Vaqt o'tishi bilan hammasi sekin-sekin bo'lar ekan. 2018 yil Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji dzyudo bo'limiga o'qishga qabul qilindim. Murabbiylarim Sunnatilo Fayziev va Navro'z Jo'raqobilovlar bilan birga o'z ustimda tinimsiz ishlab, musobaqalarga tayyorgarlik olib borayapman. Bitta usulni yillab o'rganishimizga to'g'ri kelgan paytlar ham bo'lgan. Hozir ham shunday. Murabbiyim qayta qayta o'rganish, sabrli bo'lishni ko'p aytadilar.

Bilasizmi, avvallari musobaqalarda ishtirok etish, O'zbekiston chempioni bo'lish va kelajakda olimpiada o'yinlari g'olibi bo'lish haqida o'ylasam, bu tasavvurimda qandaydir uzoq yo'l va qorong'u ranglarda ko'rinar edi.

Muhtaram Prezidentimiz yoshlarga, ayniqsa yosh sportchilarga juda katta imkoniyatlar va sharoitlar yaratib bermoqda. Ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanib, 2018 yil Samarqandagi «Maroqand» xalqaro turnirida, 2019 yil Qozog'istondagi “Nur Sultan cup” xalqaro turnirida va yurtimizda o'tkazilgan bir nechta turnir ham chempionatlarda g'oliblikni qo'lga kiritdim.

Endi orzularim va maqsadlarim ko'z oldimda aniq va yorug' gavdalanadi.

Kelajakda olimpiada o'yinlari, Jahon va Osiyo chempioni bo'lishimga ishonaman. Bu yutuqlar esa o'z ustimda tinimsiz ishlash va mashaqqatli mehnatlar evaziga qo'lga kiritilishini ham yaxshi his qilayapman.

Tengdoshlarimga ham shuni maslahat beraman. Sportga qiziqasizmi, kelajakda ulkan yutuqlarni kiritmoqchimisiz? Unda shug'ullanishni bugundan boshlang. Qiyinchilik, mag'lubiyatlardan qo'rqmang. Qiyinchilik va mag'lubiyatlarsiz hech bir yutuqqa erishib bo'lmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing