So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

14 noy 19:45
Yangiliklar

Sambo

O'zbek sambochilari jahon chempionatini 11 ta medal bilan tugatishdi, umumjamoa hisobida ikkinchi o'rindamiz!

Teglar :  Jahon chempionati
12-14 noyabr kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan sambo bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etdi.

Uch kun davomida sambo muxlislari keskin va shiddatli bellashuvlar guvohiga aylanishdi. Musobaqada ishtirok etgan o'zbekistonlik sambochilar umumiy hisobda 11 ta medal qo'lga kiritishdi. Terma jamoamiz azolari 3 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo'lishdi:

Oltin:

-58 kg: Bahodir Bakiev (jangovar sambo)

-88 kg: Ixtiyor Eshmurodov 

-98 kg: Nodirjon Mirxalikov


Kumush:

-79 kg: Ulug'bek Rahmonov

-64 kg: Oybek Soliev (jangovar sambo)

-50 kg: Sabina Davlatova

-79 kg: Furqat Ro'ziev (jangovar sambo)

-88 kg: Sohibjon Hasanboev (jangovar sambo)



Bronza:

-59 kg: Ibodatxon Agojonova

+98 kg: Hakimjon Ismoilov (jangovar sambo)

-71 kg: Istam Qudratov

Ushbu natija orqali sambochilarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinda yakunlashdi. Birinchi o'rinni Rossiya vakillari egallashgan bo'lsa (8 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza), kuchli uchlikka Belarus vakillari (3 ta oltin, 5 ta kumush) yakun yasashdi. 

Qayd etish lozimki, bu o'zbek sambosidagi tarixiy natija hisoblanadi. Bungacha sambochilarimiz jahon chempionatida xech qachon umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashmagandi.


O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati 

Reyting: +3   

Fikrlar

   
15 noy 13:52:39
Nuriddin 77
Sambo chahon chempioni bōlgan sambochiga 4 ming dollar Boksda jahon chempioni bōlsang 100 ming dollar + yana (Qozoq bokschini misol qilaylik) hōsh 100 ming dollar Qozogiston davlatidan 70 ming dollar Arman Dikiy degan odam aralshib 25 ming dollar viloyat hokimidan 500 millioncha bizi pulda yana yangi qurilgan shahar markazidan 2 yoki 3 honali uy berdi.Umumiy ōrtacha 300 ming dollardan oshiqroq foyda qildi farq bormi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing