So’nggi yangiliklar

16:14Огоҳлик қўнғироғи — ёзнинг қайноқ чилласида муздек душ! 0 15:53Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади 0 15:32Самбо федерацияси Халқаро Паралимпия қўмитаси томонидан тан олинди 0 15:11Esports World Cup Chess. Нодирбек Абдусатторовнинг 1/4 финалдаги рақиби маълум 0 14:50Сингапурда Корея ва Қатар спорти раҳбарлари билан учрашувлар ўтказилди 0 14:29"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи" 0 14:08Россиялик бокс блогери Жалолов — Усик эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:47Тошкент мезбонлик қилаётган Жаҳон чемпионатининг 1/4 финал жуфтликлари маълум 0 13:26Шоҳрухбек Турсунмахамматов АҚШ Очиқ чемпионати ғолиби! 0 13:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди! 0 12:44Исроил Мадримов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўринда қайд этилди? 0 12:23Мафтункор Эжени Бушар фаолиятидаги сўнгги учрашувини ўтказди 0 12:02Жаҳон чемпионатида 4 та олтин медаль қўлга киритилди. Юнон-рум курашчиларимиз умумжамоа ҳисобида иккинчи бўлишди 0 11:41Ўртоқлик ўйини. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди 0 11:20Арман Царукян навбатдаги рақиби ким бўлиши мумкинлигини айтди. У Ислам ёки Хукер эмас! 0

11 mar 12:00
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston Coca-Cola kubogi. Saralashda 15 ta jamoa ishtirok etadi

SHu yilning 23-29 mart kunlari Toshkentda O'zbekiston Coca-Cola kubogining saralash uchrashuvlari bo'lib o'tadi va unda 15 ta jamoa 1,5 ta yo'llanma uchun kurashga kirishadi.

Yo'llanmalar sonining aniq ko'rinishi 15 mart kuni bo'lib o'tadigan “Baniyas” — “Nasaf” uchrashuvi natijasiga bog'liq. Bellashuvda qarshiliklar zafar quchsa, saralash o'yinlari yakuniga ko'ra 2 ta jamoa O'zbekiston Coca-Cola kubogining guruh bosqichiga yo'l oladi. Aks holda, faqatgina 1 ta jamoada bunday imkoniyat bo'ladi.

Reglamentdan kelib chiqib, saralashda Birinchi liga jamoalari (4 ta farm-klub bundan mustasno) hamda Ikkinchi ligalarning g'olib jamoalari hududiy associaciyalarning kafolati ostida ishtirok etadi. Ikkinchi ligalarning hududiy g'oliblari sifatida Buxoroning “Binokor” va Toshkent viloyatining “Keles” jamoalari musobaqaga qo'shildi. SHuningdek, pulka o'yinlariga ko'ra Birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan, ammo talab etilgan hujjatlarni vaqtida topshira olmagan “Denov” jamoasi ham kubok saralashiga taklif etilgan.

Qura yordamida jamoalar 1/8 finaldagi raqiblarini aniqlab oladi. Faqatgina bitta omadli jamoa avtomatik ravishda ¼ final yo'llanmasiga ega chiqadi. Bitta uchrashuvdan iborat o'yinlar yakuniga ko'ra mag'lub jamoalar musobaqani tark etadi. Reglamentning 20.1-bandidan kelib chiqib, saralash uchrashuvlarining asosiy vaqtida g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmasa, qo'shimcha taymlarsiz navbat penaltilar seriyasiga beriladi.

Avvalroq xabar berilganidek, saralash uchrashuvlariga qura 19 mart kuni "Sport" telekanali orqali jonli efirda tashlab beriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing