31 iyu 12:02
Yangiliklar

Jahon chempionatida 4 ta oltin medal qo'lga kiritildi. Yunon-rum kurashchilarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lishdi
Musobaqaning ikkinchi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasi azolari yana ikkita oltin medalga ega chiqishdi.
51 kg vaznli Otabek Tursunov final bahsida ozarbayjonlik Xikmat Xagvardievni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Terma jamoamizning 71 kg vazndagi azosi Behruzbek Valiev esa oltin medal yo'lida mezbon yurt vakili Dimitrios Soulisdan ustun keldi.
Musobaqaning dastlabki kunida ham ikki sportchimiz — Bunyod Hasanov (48 kg) va Abdulaziz Holmirzaev (80 kg) shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy olgandi.
Mazkur to'rtta oltin medal orqali O'zbekiston U-17 yunon-rum kurashi terma jamoasi Jahon chempionatini Erondan keyin ikkinchi o'rinda yakunladi. Qozog'iston terma jamoasi kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Fikrlar