31 iyu 13:26
Yangiliklar
Karate

SHohruxbek Tursunmaxammatov AQSH Ochiq chempionati g'olibi!
Texas shtatida karate bo'yicha AQSH Ochiq chempionati o'tkazildi.
Unda o'zbekistonlik iqtidorli sportchi SHohruxbek Tursunmaxammatov -75 kg vazn toifasida yakka tartibdagi kumite bahslarida barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan holda oltin medalga sazovor bo'ldi.
Etiborlisi, vakilimiz jamoaviy kumite bahslarida ham g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, SHohruxbek Tursunmaxammatov 7 yoshidan buyon karate bilan muntazam shug'ullanib keladi. U o'tgan davr mobaynida 10 karra O'zbekiston va ikki karra Markaziyo Osiyo chempioni, shuningdek, Osiyo chempionati va qator xalqaro musobaqalar sovrindori bo'lgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar