So’nggi yangiliklar

17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0 13:14ХОҚ Лос-Анжелес-2028 Олимпиадасидан ўрин олган спорт турлари дастурини расман тасдиқлади. Океан ортидаги ўйинлар учун 6 та янги спорт тури қўшилди 0 12:53Бугун Асламжон Ортиқов Таиландда жанг қилади 0

14 noy 13:45
Yangiliklar

Karate

O'zbekiston karate milliy federaciyasining faoliyati tanqidiy ko'rib chiqildi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida O'zbekiston karate milliy federaciyasi azolari ishtirokida kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, vazirlikning tegishli boshqarma va bo'lim boshliqlari, O'zbekiston karate milliy federaciyasi rahbariyati, murabbiylar hamda terma jamoa azolari ishtirok etdi.

Yig'ilish keskin va tanqidiy ruhda o'tib, unda so'nggi yillarda O'zbekiston karate milliy federaciyasida sodir bo'lgan o'zgarishlar sportdagi natijalarga ham salbiy tasir ko'rsatgani, oqibatda ayni paytga kelib ushbu olimpiya sport turida vakillarimiz Tokio olimpiadasiga bironta ham yo'llanmani qo'lga kirita olishmagani jiddiy tanqid qilindi.

Sportchilar har qanday sharoitda ham o'z ishiga professional darajada yondashgan holda mashg'ulotlarga jiddiy etibor qaratishi kerakligi, terma jamoa azolari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasining doimiy nazoratida ekanligi, hukumatimiz tomonidan jahon arenalarida vatanimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimizga doimiy g'amxo'rlik ko'rsatilishi takidlandi.

SHuningdek, yig'ilishda O'zbekiston karate milliy federaciyasi rahbariyatiga oldinda turgan vazifalarga jiddiy yondashish kerakligi, yaqinda bo'lib o'tadigan O'zbekiston kubogi musobaqasining adolatli va shaffof o'tishini taminlash, terma jamoada raqobatni yanada oshirish, buning uchun selekciya ishlarini kuchaytirish lozimligi uqtirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing