So’nggi yangiliklar

19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0 16:16Макс Холлоуэй қандай ҳолатда Топуриянинг навбатдаги рақиби бўлиши мумкинлигини айтди 0 15:53"Ҳумо" Pro Hokei Ligasy навбатдаги мавсумини ўтказиб юборади 0 15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 1 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0

23 sen 12:02
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston kriket federaciyasi Pokiston kriket kengashi bilan Memorandum imzoladi + FOTO

Mamlakatimizda yoshlarning jismoniy tarbiya va sportga, xususan, kriket sport turiga bo'lgan ishtiyoqini yanada kuchaytirish, jamoalarni shakllantirish va xalqaro sport maydonlarida kriket orqali yurt shanini munosib himoya qilish O'zbekiston kriket federaciyasining bosh maqsadlaridan sanaladi.

Joriy yilning iyul oyida Pokiston Islom Respublikasi bosh vaziri Imron Xon mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida Ko'ksaroyda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ishtirokida hujjatlar almashinuvi marosimidan so'ng matbuot anjumanida ikki davlat o'rtasida do'stona aloqlarni yanada mustahkamlash shuningdek, kriket sport turini mamlakatimizda rivojlantirish haqida ham alohida to'xtalib o'tilgan edi. 

Ushbu etirof bois, O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev Pokiston Islom Respublikasining Lahor shahriga xizmat safari uyushtirib, Pokiston kriket kengashi mutasaddilari bilan uchrashdi. Lahorda bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida O'zbekiston kriket federaciyasi va Pokiston kriket kengashi o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

SHuningdek, O'zbekiston kriket federaciyasi hamda Pokiston kriket kengashi o'rtasidagi o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish borasida ham kelishuvga erishildi. Uchrashuv davomida Aziz Mixliev va Pokiston kriket kengashi raisi Ramiz Roja o'rtasida mamlakatimizda kriketni intellektual rivojlantirish to'g'risidagi Memorandum imzonladi. Ushbu Memorandumga muvofiq,  endilikda Pokiston kriket kengashi tomonidan kriket bo'yicha o'quv-talim ishlarini amalga oshiradi.

Bunda asosan murabbiylar va kriketchilarimizning mahoratlarini oshirishlari uchun o'quv-mashg'ulotlari olib boriladi. Pokiston kriket kengashi tomonidan maxsus dasturga muvofiq, mutaxassislar yuboriladi va ular tomonidan bosqichma-bosqich hakamlik kurslari, murabbiylik kurslari, turli darajadagi amaliy va nazariy o'quv-yig'inlari o'tkaziladi. 

Bundan tashqari Pokistonning Lahor shahridagi kriket bo'yicha milliy mahorat markazida turli yoshdagi jamoalarimiz uchun o'quv-mashg'ulotlarini tashkil etiladi.

Takidlash joiz, ushbu hamkorlik doirasidagi uchrashuvlarni o'tkazishda O'zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Oybek Arifbekovich Usmanov hamda elchixona xodimlari tomonidan federaciya raisi Aziz Mixlievni munosib kutib olib, hamkorlik jarayonlarini o'tkazishda yaqindan yordam berganliklari uchun ularga O'zbekiston kriket federaciyasi nomidan minnatdorchilik bildirgan.

Bir so'z bilan aytganda, ushbu hamkorlik Memorandumi mamlakatimizda kriketning rivojalanishi yo'lida muhim bosqich bo'lib xizmat qiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing