10 iyu 08:44
Yangiliklar
Tadbirlar

Nukusda O'zbekiston va Koreya Respublikasi hamkorligi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi
Koreya Respublikasining CHungbuk sog'liqni saqlash va fan universitetining Xalqaro almashinuv guruhi direktori SHin Jungyong boshchiligidagi delegaciya O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga tashrif buyurdi.
Delegaciya azolari va O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor Bayrambay Erimbetov hamda Sport vazirligi bo'lim boshlig'i Farxod Turdiev o'rtasida muloqot o'tkazildi.
Qabul jarayonida ikki tomon akademik talabalarni almashish asosida Koreya universiteti taekvondo yo'nalishi bo'yicha to'rt talaba olti hafta muddatga Qoraqalpog'iston Respublikasida sportning taekvondo turidan tajriba almashishiga kelishib olindi va bu yo'nalishdagi ishlar bilan kelgusida hamkorlik bo'yicha o'zaro kelishuvga erishildi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar