So’nggi yangiliklar

17:25Жон Жонс UFCнинг Оқ уйдаги турнири ҳақида: "Мотивация керак эди — топдим. Машғулотларга қайтдим" 0 17:02"Реал" футболчисини Ла Лига клубига сотади 0 16:38Дана Уайт Топурия нима билан ҳайрон қолдирганини айтди 0 16:16Ўқ отувчи Владимир Свечников Венгриядаги турнирда тенгсиз бўлди 0 16:04ACA 189. Холмурод Нурматов рақибини аянчли нокаутга учратиб, ғалаба қозонди (ВИДЕО) 0 15:53Пётр Ян: "Мен яна Двалишвили ва О’Мэлли билан жанг қилмоқчиман" 0 15:28"Манчестер Сити" Англия терма жамоаси аъзоси билан шахсий шартнома борасида келишиб олди 0 15:06Хамзат Чимаев UFC 319дан сўнг фаолиятини якунлаши мумкин — Кайо Борральо 0 14:41"World Taekwondo Diamond Games": Мусобақани олтин медал билан бошладик! 0 14:20Иноуэ Аҳмадалиев билан жанги анонсига муносабат билдирди 0 13:59Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси! 0 13:38Рой Жонс — Флойд Мейвезерга: "Сен билан жанг қилишга тайёрман" 0 13:17Оғир атлетикачиларимиз Осиё чемпионатида медаллар бўйича биринчи бўлишди 0 12:56Бугун Холмурод Нурматов ACA 189 турнирида октагонга чиқади 0 12:35Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин 0

02 okt 19:14
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston Kubogining tantanali ochilish marosimidan FOTOREPORTAJ

Urganch shahridagi muhtasham “Yoshlik” sport saroyida dzyudo bo'yicha O'zbekiston Kubogi bahslari davom etmoqda.

Bugun musobaqaning ikkinchi kuni.

Biroz avval murosasiz kurashlar ostida davom etayotgan mamlakat kubogining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Tadbirda Xorazm viloyati hokimning Turizm va sport masalalari bo'yicha o'rinosari Botir Saidov, Urganch shahri hokimi Oybek Xolboev, viloyat dzyudo federaciyasi raisi Ortiq Polvonov, terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.     

"Avvalo, Urganch shahriga xush kelibsizlar! Uch kun davomida jami 557 nafar dzyudochi 14 ta vazn toifasida medallar uchun kurash olib boryapti. Bellashuvlar murosasiz kechayotganiga hammamiz guvoh bo'lib turibmiz. Bahslarni 30 nafar tajribali hakamlar boshqarib borishmoqda. Ularga ham rahmat aytmoqchiman. Barcha qatnashchilarga zafar yor bo'lib, tatamida eng kuchlilar g'alaba qozonsin", - dedi B.Saidov.  

"Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar, musobaqa ishtirokchilari. Aziz yurtdoshlar! Sizlarni sharq gavhari hisoblanmish qo'hna Xorazm viloyati zaminida ko'rib turganimizdan behad xursandmiz. Xush kelibsiz, qadamingizga hasanot! Avvalo, barcha ustozlarimiz, mehri daryo murabbiylarimizni kuni kecha yurtimizda keng nishonlangan 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni bilan muborakbod etamiz. Mashaqqatli va shu bilan birga sharafli faoliyatingizda yangi omad, zafarlar yor bo'lsin!", - dedi O.Xolboev. 

Tantanali ochilish marosimida uzoq yillardan beri mamlakatimiz, xususan Xorazm viloyati dzyudosi rivojiga hissa qo'shib kelayotgan faxriylarimiz - Sabulla Kuryazov, Komiljon Ibragimov, Ikrom Ataev, Mahmud Ortiqov, Husinboy Meyliev esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Sovg'alarni Ilias Iliadis, Ramziddin Saidov, Rio Olimpiadasi sovrindori Diyorbek O'razboev, jahon chempionati sovrindori Gulnoza Matniyazova topshirdi. 

SHuningdek, 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O'zbekiston dzyudo federaciyasi tomonidan bir guruh faol murabbiy va hakamlarimiz ham taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing