11 iyu 16:04
Yangiliklar
Boks/MMA

ACA 189. Xolmurod Nurmatov raqibini ayanchli nokautga uchratib, g'alaba qozondi (VIDEO)
Grozniy shahrida (Rossiya Federaciyasi) MMA bo'yicha ACA 189 turniri o'tkazilmoqda.
Malum qilganimizdek, musobaqada o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Xolmurod Nurmatov Rossiya vakili Axmed Xamzaev bilan jang qildi.
3 raundga mo'ljallangan eng engil vazn toifasidagi bellashuv uchinchi raund davom etayotgan bir pallada muddatidan avval yakuniga etdi. 31 yoshli Nurmatov raqibini kuchli zarbasi orqali nokautga uchratdi va g'alabani o'ziniki qildi.
SHunday qilib, Xolmurod faoliyati davomidagi 24-jangida 15-g'alabasini nishonladi, uning hisobida yana 8 mag'lubiyat va 1 ta durang bor. 25 yashar Axmed Xamzaev esa karerasidagi 14-jangida o'zining 3-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar