11 iyu 15:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Xamzat CHimaev UFC 319dan so'ng faoliyatini yakunlashi mumkin - Kayo Borralo
UFC jangchisi Kayo Borralo Xamzat CHimaev UFC 319 turniridan keyin faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi.
"Agar u chempionlik kamarini qo'lga kiritsa, faoliyatini yakunlashi mumkin, degan gap-so'zlarni eshitdim. Ha, shunday mish-mish bor. Agar u kamarni olsa, nafaqaga chiqar ekan. Bu haqda aniq bilmayman. Bu gapga ishonamanmi, yo'qmi — aniq ayta olmayman. Ammo bu ehtimoldan xoli emas. U katta bosim ostida. Salomatligi bilan bog'liq muammolari bor. Vatanida ham qattiq bosim bor. Unda allaqachon juda ko'p pul bor. Juda, juda ko'p. U holda nega ketmasligi kerak?" — dedi Borralo.
Havola :
Manba : MMA HOJE
Fikrlar