So’nggi yangiliklar

02:28Янник Синнер - "Уимблдон" чемпиони! 0 02:24"Челси" - клублар ўртасидаги жаҳон чемпиони! 0 18:48Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер 0 18:24"UFC'дагилар Анкалаев ютқазишини сўраб илтижо қилиб ўтиришганди" - менежер 0 18:06Усик бугунги куннинг энг кучли боксчиси кимлигини айтди 0 17:45Холлоуэй: "Иккита трилогияда 0:3 ҳисобида ютқазган спортчи бўлишни хоҳламайман" 0 17:24Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди 0 17:03Усик ўз фаолиятидаги 5 та асосий воқеани санаб берди 0 16:42"Нима учун йўқ?". Менежер Махачевнинг Топурияга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 16:21"Делла Маддалена — Махачевнинг фаолиятидаги энг қийин рақиб" 0 16:00МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди 0 15:39"Забит ММАга қизиқмай қўйди" - Абдел-Азиз 0 15:18Наоя Иноуэ - Муроджон Аҳмадалиев оқшоми чипталари сотувга чиқди 0 14:57Дана Уайт: "Оқ уйдаги UFC турнирини Трампнинг қизи Иванка ташкил қиляпти" 0 14:36Месси 6 ўйинда 11 та гол урди 0

03 noy 08:57
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston MOQ yangi taraqqiyot yo'lida 4 ta hamkorlik Memorandumi imzoladi

Teglar :  MemorandumMOQ
Toshkentda o'tgan MDH, Boltiqbo'yi va Gruziya MOQ rahbari o'rtasida davom etayotgan mintaqaviy forumning asosiy qismi yakunlangach mehmonlar O'zbekiston MOQga tashrif buyurishdi.

Qo'mitamizda mehmonlar uchun ekskursiya tashkil etildi. Kichik tur davomida forum ishtirokchilariga Qo'mitamiz va uning qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati, boy o'zbek sporti tarixi haqida gapirib berildi.

SHundan so'ng hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha o'tkazilgan munozaralarning amaliy yakuni sifatida O'zbekiston MOQ Belarus, Ozarbayjon, Litva MOQ va Tatariston Olimpiya kengashi bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Tadbirni O'zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov olib bordi. Hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo'yish jarayonida mamlakatimiz nomidan O'zbekiston MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Ozarbayjon MOQ Bosh kotibi Azer Aliev, Belarus MOQ prezidenti Viktor Lukashenko, Litva MOQ prezidenti Dayna Gudzinevichute va Tatariston Olimpiya kengashi vakili Marat Bariev ishtirok etdi.

Yakunda Rustam SHoabdurahmonov ushbu hamkorlikning ahamiyati haqida to'xtalib o'tdi.

“Avvalambor, barchangizni azim poytaxtimizda mana shunday tadbirda ko'rib turganimizdan yana bir bor mamnun ekanligimizni bildirib o'tmoqchimiz. Tokio Olimpiadasi ko'rsatdiki, pandemiya bo'lishiga qaramay butun dunyo sport yo'nalishida o'sishga erishmoqda. Mazkur hamkorlik loyihalarimiz kelajakda aloqalarimizni yanada mustahkamlash yo'lida muhim ahamiyat kasb etadi”, – dedi O'zbekiston MOQ rahbari.

SHundan so'ng, ishtirokchilar ananaga muvofiq o'zara sovg'a almashishdi.

SHuning bilan MDH, Boltiqbo'yi va Gruziya MOQ rahbarlari ishtirokidagi mintaqaviy forumning rasmiy qismi o'z ishini yakunladi. Bugun mehmonlar qadimiy Samarqand shahri bo'ylab sayohatga chiqishadi va boy tariximiz, madaniyatimiz bilan yanada chuqur tanishadilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing