So’nggi yangiliklar

19:02"Ким бундай қилган?" Теренс Кроуфорд P4P рейтингидаги ўрнидан норози 0 18:39Бобир Абдихолиқов ва Жасур Жалолиддинов "Сумқайит"ни тарк этишди 0 18:17"Ва-банкка бораман". Топурия Оливейрани қандай қилиб финиш қилмоқчи эканлигини айтди 0 17:51TUF 33 шоусида Фурқатбек Ёқубовни мағлуб этган Алиби Идрис ҳамюртимизга мурожаат қилди + ВИДЕО 0 17:30Топурия Оливейрани биринчи раундда нокаут қилмоқчи бўлмоқда. Чарльз эса бунга муносабат билдирди 0 17:07Гарет Саутгейт энди рицар! 0 16:46Умар Кремлёв: "IBA'нинг стратегик мақсади Россияни дунё бокс майдонига айлантириш" 0 16:25Истборн (WTA). Остапенко, Радукануда ғалаба, Кенин ютқазди ва бошқа натижалар 0 16:04UzChess Cup. Ниғматов пешқадам, Абдусатторовга таъқибчилар етиб олишди, 7-тур жуфтликлари ва турнир жадваллари билан танишинг 0 15:43Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади? 0 15:22Спорт вазири Олимпия ва паралимпия шон шуҳрати музейида ёшлар билан учрашди 0 15:01Камарга яқин турган Муҳаммад Шеховнинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 14:40UzChess Cup. Нодирбеклар баҳсда кутилмаган натижа, Синдаров Аржунга қарши, 6-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 14:19"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди 0 13:58Ига Cвёнтек фаолиятидаги 300-ғалабасига эришди 0

30 dek 21:33
Yangiliklar

Og'ir atletika

O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi - "Yilning eng yaxshi sport tashkiloti"

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi "Yilning eng yaxshi sport tashkiloti" deb topildi.

Bugun poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda yil yakunlari bo'yicha "Eng yaxshilarni" taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, sport olami vakillari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Turli yo'nalishlarda "Eng yaxshilarni" aniqlash maqsadida O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan o'tkazilgan so'rovnoma yakunlariga ko'ra, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi "Yilning eng yaxshi sport tashkiloti" deb etirof etildi.

Takidlash lozim, nafaqat sport sohasi vakillari, balki butun insoniyat uchun ancha og'ir o'tgan 2020 yilda O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi qiyinchiliklardan cho'chib, to'xtab qolgani yo'q. Qator onlayn musobaqalarda faol ishtirok etib, g'oliblik uchun asosiy davogar bo'lgan terma jamoamiz, yana bir onlayn musobaqaga mezbonlik qildi. Mustaqillik bayrami arafasida, aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, avgust oyi so'nggi kunlarida tarixda ilk bor O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan og'ir atletika bo'yicha “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turniri o'tkazildi. Ishonchni to'la oqlagan terma jamoamiz azolari nafaqat Osiyo qitasi, balki Jahonda bizning atletlarimiz, O'zbekiston og'ir atletikasining alohida o'rni, o'z so'zi borligini yana bir bor isbotlab berishdi. 

Yurtimizda koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat tufayli cheklovlar yumshatilishi bilan, oktyabr oyida sanitariya va gigiena koidalariga rioya qilgan holda, Toshkent viloyati CHirchiq shahrida og'ir atletika bo'yicha mamlakat chempionati yuqori saviyada tashkil etildi.   

Bundan tashqari noyabr oyida Peru markazligida o'tgan og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon kubogi bahslarida ham vakillarimiz ishonchli tarzda ishtirok etib, g'olib va sovrindorlar qatoridan joy ola bilishdi. 

SHuningdek, kuz faslining so'nggi kunlarida yana bir quvonchli yangilik malum bo'ldi, og'ir atletikachimiz Ivan Efremovga Olimpiada bronza medali topshirilishi tasdiqlandi. 

SHubhasiz, barchamiz uchun mashaqqatli o'tgan yil O'zbekiston og'ir atletikasi uchun omadli bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi.


O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati





Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing