So’nggi yangiliklar

19:21ЖЧ-2025. Жавоҳир Умматалиев қозоғистонлик Жаҳон чемпионини мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди 0 19:11Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди 0 18:50Шавкатжон Болтаевнинг иорданиялик боксчига қарши жанги якунланди 0 18:47Миразизбек Мирзахалилов ҳам ўз юришини чорак финалда якунлади 0 18:17Кадет қиличбозларимиз Осиё кубогида ҳозирча 3 та медалга эга чиқишди 0 17:52Олтиной Сотимбоева ЖЧда чорак финал жангини ўтказди 0 17:24"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди 0 17:02Ситора Турдибекова ҳам ЖЧдаги юришини якунлади 0 16:52Дана Уайт: "UFC жангчиларида гонорарни маълум қилиш борасида тақиқ йўқ" 0 16:31Ўзбекистонда ЖЧ-2025даги илк йўқотиш - Нигина Ўктамова АҚШ спортчисига ютқазди 0 16:15Тошкент бадминтон бўйича Марказий Осиё чемпионатини ўзида қабул қилади 0 15:54Роналду 30 ёшга кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди 0 15:33Ўсмирлар ўртасидаги Осиё чемпионатига қуръа ташланди 0 15:12Қозоғистон эркаклар терма жамоаси Жаҳон чемпионатида иккинчи йўқотишни қабул қилиб олди 0 14:51Жозеф Паркер: "Усик мендан қочяпти" 0

24 jan 12:45
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston va Xitoy futbol associaciyasi mutasaddilari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi

O'FAda Xitoy futbol associaciyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Uning avvalida O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ikki mamlakat o'rtasida futbolni rivojlantirish borasidagi harakatlar yangi bosqichga chiqishiga umid bildirdi. Xitoy ko'p jabhada dunyoda o'z o'rniga ega ekanligi, xususan, mamlakat futboli ham katta natijalarga erishayotganini qayd etdi. 


O'z navbatida, xitoylik mutaxassislar O'zbekiston va Xitoy o'rtasida futbolning barcha yo'nalishida samarali hamkorlik istiqbollariga to'xtalishdi. O'zbekistonning Osiyo futbolidagi mavqeini etirof etishdi. Tomonlar o'zaro tajriba almashish masalalarini atroflicha ko'rib chiqdilar. Xususan, turli terma jamoalar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkillashtirish, xalqaro musobaqalarga O'zbekiston terma jamoalarini jalb etish, Milliy, Olimpiya va ayollar terma jamoalari o'rtasida turnirlarni yo'lga qo'yish bo'yicha takliflar bildirildi. 



Futbol infratuzilmasi, akademiyalar faoliyati va terma jamoalar bazasini tashkil etishda Xitoy tajribasini o'rganish, hakamlar uchun tajriba almashish dasturlarini joriy etish masalalariga to'xtalib o'tildi. Malumki, Xitoyda dunyoning futboli eng rivojlangan mamlakatlaridan mutaxassislar faoliyat olib borishmoqda. Bu borada yurtimiz vakillari ham o'zaro tajriba almashish dasturlarida ishtirok etib, o'z malakasini oshirish istiqboli yuzasidan fikr almashildi. 

Xanchjouda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari oldidan ikki mamlakat Olimpiya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yinini o'tkazish rejaga kiritildi. Har ikki tomon ham uzoq muddatli samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar", – deyiladi O'FA matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.

   
Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing