So’nggi yangiliklar

15:39"Забит ММАга қизиқмай қўйди" - Абдел-Азиз 0 15:18Наоя Иноуэ - Муроджон Аҳмадалиев оқшоми чипталари сотувга чиқди 0 14:57Дана Уайт: "Оқ уйдаги UFC турнирини Трампнинг қизи Иванка ташкил қиляпти" 0 14:36Месси 6 ўйинда 11 та гол урди 0 14:15Эдди Хирн Жейк Пол ва Энтони Жошуа ўртасидаги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 13:54ESPN Espy "Йилнинг энг яхши жангчиси"ни аниқлади. У Махачев ёки Топурия эмас! 0 13:33Умида Омонова FIDE Жаҳон кубогининг учинчи босқичида қийин вазиятдан чиқиб кетди 0 13:12“Реал“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 футболчи тарк этиши мумкин 0 12:51Канело Усикнинг ғалабаси учун катта пул тикди 0 12:30Бугун эркаклар ўртасидаги Уимблдон турнири ғолиби аниқланади 0 12:09Paks Junior European Cup 2025. Бугун 7 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:48“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди 0 11:27UFC on ESPN 70 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 11:06Анвар Анваров олтин медаль эвазига жорий мавсум иккинчи бор Ўзбекистон рекордини янгилади 0 10:45Асосий жанги нокаут билан якунланган UFC on ESPN 70 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0

28 okt 21:55
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekistonda Xalqaro dzyudo kuni keng nishonlandi FOTOREPORTAJ

Teglar :  Xalqaro dzyudo kuni
Malumki, har yili 28 oktyabr kuni butun kurrai zaminimizda Butunjahon dzyudo kuni keng nishonlanadi.

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) taklifi bilan bu yilgi bayram tantanalari "Birdamlik" (Solidarity) shiori ostida o'tkazildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlar qatori Toshkent shahrida ham dzyudochilar bayrami keng tantana qilindi. 

Unda O'zbekiston Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi mutasaddilari, murabbiylar, yosh dzyudochilar va ularning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari hozir bo'lishdi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi" faxriy unvoni sohibi Vladimir Pyataev, terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis va boshqalar so'zga chiqib, dzyudochilarni bayram bilan qutlashdi. 

"Bugun butun dunyoda bo'lgani kabi yurtimizda ham "Xalqaro dzyudo kuni" keng nishonlanmoqda. Biz ham ushbu tadbirga o'z xissamizni qo'shayotganimizdan baxtiyormiz. Fursatdan foydalanib, o'zbek dzyudosi oilasini ushbu kun bilan muborakbod etaman. Nasib qilsa, yaqin kelajakda siz jajji dzyudochilar xalqaro musoaqalarda akalaringiz singari Vatanimiz sharafini munosib tarzda himoya qilib, o'zbek dzyudosining shonli ananalarini davom ettirasizlar. O'z navbatida, sportchilarimizning mana shunday zamonaviy sport zallarida shug'ullanishlari uchun sharoit yaratib berayotgan muhtaram Prezidentimizga ham rahmat aytaman", – dedi MOQ Bosh kotibi O.Kasimov.

"Assalomu alaykum, qadrli mehmonlar, murabbiylar, dzyudochilar! Sizlarni 28 oktyabr, dzyudo asoschisi - Dzigoro Kano tavallud topgan kun va shu munosabat bilan har yili butun dunyoda aynan bugungi sanada nishonlanadigan Xalqaro dzyudo kuni bilan tabriklayman. Sir emas, dzyudo butun dunyoda, shu jumladan O'zbekistonda ham ommaviy sport turi hisoblanadi. Bu yakkakurash bilan shug'ulanayotganlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ular orasida turli yoshdagi insonlarning borligi dzyudoning ommaviy sport turi ekanini tasdiqlaydi. Hozirda dzyudo bilan faqat professional sportchi bo'lib etishish uchun emas, balki o'z salomatligini yanada mustahkamlash, hayotida sog'lom turmush tarzini qaror topshirish uchun ham shug'ullanishyapti. Fursatdan foydalanib, barcha sportchilarga mustahkam sog'liq, kuch, iroda va g'alaba yor bo'lishini tilayman!", - deya o'z tabrigini izhor etdi B.Maxsitov.  

SHundan so'ng Kamol Muradov va O'lmas Gulliev murabbiyligidagi yosh dzyudochilarimiz tatamida o'z chiqishlari bilan mahorat va iqtidorlarini namoyish etishdi. Faxriylar nomidan so'zga chiqqan Vladimir Pyataev yosh dzyudochilar akalarining izidan borib, ularga munosib voris bo'lishga chaqirdi.  

SHundan so'ng faxriy mehmonlar hamda yosh dzyudochilarga esdalik sovg'alari topshirildi. Marosim so'nggida ananaga muvofiq bayram torti kesilib, mehmonlarga tortiq etildi. Barcha qatnashchilar esdalik uchun suratga tushishdi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing