13 iyu 11:06
Yangiliklar

Anvar Anvarov oltin medal evaziga joriy mavsum ikkinchi bor O'zbekiston rekordini yangiladi
Biz uchun ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 Olimpiadasi qatnashchisi Anvar Anvarov mamlakat rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor bo'ldi.
Hamyurtimiz so'nggi urinishda 8,25 metr natija bilan bir necha hafta muqaddam Toshkentda o'tgan xalqaro turnirda o'zi o'rnatgan O'zbekiston rekordini (8,23 metr) yaxshiladi. Bu natija Anvarovga turnirda oltin medal keltirdi.
Qolaversa, mazkur musobaqaning balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Barno Sayfullaeva 1,85 metr bilan urinishlar hisobiga ko'ra bronza medaliga sazovor bo'ldi. Kumush va bronza medal sohibalari ham aynan shu natijani qayd etishgani biroz alamli bo'ldi.
Uzunlikka sakrash, erkaklar:
1. Anvar Anvarov (O'zbekiston) — 8,25 metr
2. Aniel Molina (Kuba) — 7,86
3. Kristian Pulli (Finlyandiya) — 7,82
Balandlikka sakrash, ayollar:
1. Luize Ekman (SHveciya) — 1,85 metr
2. Ella Mikkola (Finlyandiya) — 1,85
3. Barno Sayfullaeva (O'zbekiston) — 1,85
Fikrlar