So’nggi yangiliklar

20:09Оғир атлетикачимиз Осиё чемпионатида мутлақ чемпион бўлди 0 19:17Перейра дебют жангидаёқ UFC рекордини ўрнатади 0 18:56Виржил Ортис: "Мен у билан жанг қилмоқчиман — тез орада бу тўқнашув амалга ошади" 0 18:35Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди 0 18:14UFC Қатарда турнир ўтказишини эълон қилди 0 17:53Спорт вазирлигида паралимпия ҳаракатини ривожлантиришга бағишланган тақдимот бўлиб ўтди 0 17:32UAE Warriors чемпиони Хотамбек Бойназаровнинг кейинги жанги санаси ва манзили маълум бўлди 0 17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0

07 sen 06:47
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonlik harbiylar Xalqaro armiya o'yinlarida umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladi + FOTO

22 avgustdan 4 sentyabrga qadar davom etgan ArMI–2021 VII Xalqaro armiya o'yinlarida o'zbekistonlik harbiylar 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga malum qildi. Musobaqada birinchi o'rin Rossiya jamoasiga, uchinchi o'rin Xitoy vakillari, to'rtinchi o'rin esa Belarus jamoasiga nasib qildi.

O'zbekiston vakillari «Sodiq do'st» yo'nalishida erkaklar va ayollar jamoasi, «Harbiy-tibbiy estafeta» va «Dala oshxonasi» bellashuvlarida oltin medallarni qo'lga kiritdi.

SHuningdek, «Elbrus halqasi», «Merganlik marrasi», «Otliq marafon», «Qurolsoz usta», «Xavfsiz muhit», «Muhandislik formulasi», «Xavfsiz marshrut», «Qutb yulduzi» va «Qo'shinlar razvedka alochisi» yo'nalishida kumush medallarga sazovor bo'ldi. «Avtozirhli tank-texnika ustasi», «Ishonchli qabul», «Yo'l patruli» va «Sayan yurishi» yo'nalishlarida esa o'zbekistonliklar bronza medali sohibi bo'ldi.

Bundan tashqari, musobaqalar davomida qayd etilgan 37 ta rekord natijalarning 10 tasi O'zbekiston hisobiga yozildi.

Eslatib o'tamiz, bu yilgi «ArMI – 2021» xalqaro armiya o'yinlari 31 yo'nalishda 11 ta davlat hududida bo'lib o'tdi. Musobaqalarda 42 ta davlatning jami 277 ta jamoasi tarkibida 5000 dan ortiq harbiy xizmatchilar kuch sinashdi. O'zbekistonlik harbiylar 24 ta yo'nalishda bahslarda qatnashdi.

Musobaqaning «Harbiy-tibbiy estafeta» hamda «Dala oshxonasi» yo'nalishidagi bahslar O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli «Forish» poligonida bo'lib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing