So’nggi yangiliklar

13:16Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 12:55“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди 0 12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0 10:28Нодирбек Абдусатторов Хорватиядаги турнирда иштирок этади, Магнус Карлсен ҳам 0 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги 1/8 финалчилар маълум 0 09:46ИНТЕРВЬЮ. Жасур Алижонов шогирдлари иштирокидаги сўнгги воқеликлар ҳақида 0 09:25Гэтжи мухлислар билан мусобақада Ferrari 812 GTS машинасини ютиб олди 0 09:04Турки ал аш-Шейх Муроджонга ишонмаяптими? Араб пулдори Иноуэга оид кейинги режаларини айтди 0 08:43Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди + ВИДЕО 0 08:22Жаҳонгир Нажмиддинов ATFC 22 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0

24 dek 19:28
Yangiliklar

Voleybol

O'zbekistonlik voleybolchi Turkiya klubi bilan shartnoma imzoladi

Teglar :  Voleybol
Voleybol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Islomjon Sobirjonov Turkiyaning “Alanya BelediyeSpor” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda O'zbekiston voleybol federaciyasi matbuot xizmati xabar qiladi.

Islomjon Sobirov 1995 yil 7 fevral kuni Farg'ona viloyatining O'zbekiston tumanida tug'ilgan. 2008 yildan tuman markazi Yaypan shahridagi 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabida Madamin Nishonov qo'l ostida voleybol sporti sirlarini o'rganishni boshlagan.

U professional faoliyatini 2012 yil Toshkentning «Orient» voleybol klubida boshlagan. Keyinchalik Samarqandning «O'ztelekom» va Olmaliqning OTMK jamoalarida ham faoliyat olib borgan. SHu yillar ichida bir necha marotaba O'zbekiston chempioni va kubogini qo'lga kiritgan.

2014-2018 yillar davomida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining bakalavriat, 2018-2020 yillarda Nukus davlat universitetining magistratura yo'nalishlarida tahsil olgan.

2013 yildan O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Milliy terma jamoa safida Islomjon Osiyo va xalqaro turnirlarda 71ta rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushgan. 2019 yil Markaziy Osiyo chempionatida (Nepal) musobaqaning «Eng yaxshi hujumchisi» nominaciyasiga sazovor bo'lgan. 2020 yilda Xalqaro voleybol federaciyasining nufuzli agentliklaridan biri “CAAN Athletics” bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Ushbu hamkorlik samarasi o'laroq I.Sobirov Turkiyaning “Alanya BelediyeSpor” klubi bilan shartnoma imzoladi va Evropa voleyboli sari ilk qadamini tashladi.

Biz hamyurtimizga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing