So’nggi yangiliklar

07:22Бутунжаҳон ёзги Универсиадада иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 07:01Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди 0 22:46Уимблдон. Ига Свёнтек финалда катта устунлик эвазига ғалаба қозонди ва чемпион бўлди 0 19:15Ботир Аҳмедов Стивенсон — Сепеда жанги учун тахмин билдирди 0 18:54Енгил атлетикачиларимиз Универсиадада қандай таркиб билан иштирок этиши маълум 0 18:33Жервонта Дэвис яна ҳибсга олинди 0 18:12Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди 0 17:51Жанги бекор бўлган Рамазон Темиров Туркияга келди (ФОТО) 0 17:30Холлоуэй энг кучли зарбага эга жангчини айтди – бу Топурия эмас! 0 17:09BKFC 15 миллион долларлик турнирни эълон қилди 0 16:48"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи 0 16:27Собиқ UFC жангчиси Саидёқуб Қаҳрамонов дисквалификация қилинган Улуғбек Рашитовга кескин мурожаат қилди (ФОТО) 0 16:06Дана Уайт: "Махачев Маддаленани мағлуб этса, кейинги рақиб..." 0 15:45Тасдиқланди! Хотамбек Бойназаров чемпионлик камарини собиқ UFC жангчисидан ҳимоя қилади + ПОСТЕР 0 15:24Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин 0

27 okt 13:16
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik rejalari muhokama qilinmoqda

Teglar :  OlimpiadaParij-2024
Davlatimiz rahbari joriy yilning 13 avgust kuni Olimpiyachilarimizni qabul qilar ekan, Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik doirasida bir qator masalalar yuzasidan muhim ko'rsatmalar berib o'tgan edi.

MOQ rahbariyati bu borada tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan.

Ana shunday tadbirlardan biri Qo'mitaning kichik majlislar zalida Vazirlar Mahkamasi, Turizm va sport vazirligi hamda MOQ mutasaddilari ishtirokida o'tkazildi.

Yig'ilish davomida bu boradagi asosiy yo'nalishlar, xususan, iqtidorli sportchilarni saralash, sport turlari bo'yicha xalqaro mutaxassislarni tayyorlash, Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kollejlari va sport akademiyalari faoliyati, murabbiylar malakasini oshirish, terma jamoalarimizga kuchli xorijiy mutaxassislarni jalb qilish kabi masalalar ko'rildi. 

SHuningdek, terma jamoalarimiz uchun mahalliy va xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarini ko'rib chiqish, faqatgina kuchli jamoalar bilan sparring va o'rtoqlik bellashuvlari tashkil etish kabi yo'nalishlarga ham to'xtalib o'tildi.

Qayd etish joiz, suhbat davomida jamoaviy sport turlari haqida ham muhokama olib borildi. Mutasaddilar bu yo'nalishdagi terma jamoalarimizning hozirgi holati, Olimpiada yo'llanmasi uchun imkoniyatlari, ularni yanada kuchaytirish kabi masalalar bo'yicha fikr almashishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing