So’nggi yangiliklar

19:01"Tashkent Select" молиявий қийинчиликлар туфайли Қозоғистон кубогини ўтказиб юбориши мумкин 0 18:35Мадримовнинг вазнидаги чемпион бошқа вазнга ўтиш ниятида 0 18:10Оғир атлетикачиларимиз Руслан Нурудинов, Акбар Жўраев каби спортчилар билан юлдузли таркибда Туркияга йўл олди 0 17:39Ўткир Юсупов "Истиқлол" таклифини рад этди 0 17:17Тони Фергюсон проф боксдаги дебют жангини Манчестер шаҳрида блогерга қарши ўтказади 0 16:55Ҳумоюн Султонов Пособлонко Челленжерини нимчорак финал босқичидаёқ якунлади 0 16:28Ҳамюртимиз UAE Warriors 61 турнирида жанг қилади (ПОСТЕР) 0 16:05МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди 0 15:38Дастин Порье Холлоуэйга қарши жанг олдидан ажойиб жисмоний формада эканини кўрсатди 0 15:15Лос-Анжелес-2028 Олимпиадаси 12 июль санасида бошланади — ХОҚ 0 14:39Жон Жонс Оқ уйда бўладиган турнирда қатнашмоқчи эканлигини тасдиқлади 0 14:17МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди 0 13:54Порье Махачев - Топурия эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:28Терма жамоамиз "Корея Опен" мусобақасини 7 та медаль билан якунлади 0 13:05Дюбуа Усикка қарши жанг олдидан: "Ўзимни енгилмасдек ҳис қиляпман" 0

17 dek 12:03
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlari startiga 49 kun qoldi

Teglar :  Qishki Olimpiada
Kelasi yil Xitoyning Pekin shahrida o'tkaziladigan XXIV qishki Olimpiya o'yinlari boshlanishiga 49 kun qoldi.

Ayni paytda o'zbekistonlik sportchilarning Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlariga tayyorgarligi qizg'in davom etmoqda.

Takidlash joiz, shu kunlarda Rossiyada (Abzakovo va Magnitogorsk chang'i markazlarida) tog' chang'isi bo'yicha saralash musobaqalari o'tkazilmoqda. SHuningdek, ushbu oy oxirida vakillarimiz Eronda yana bir turnirda qatnashishi ko'zda tutilgan.

Pekin-2022 yo'llanmalarni qo'lga kiritishga tog' chang'isi bo'yicha terma jamoamiz vakillari Komiljon To'xtaev va Valeriya Kovaleva asosiy davogar bo'lib turishibdi. Arman Gayupov va Rano Raimqulova ularga zaxira sifatida tayyorlanishmoqda. Qayd etish joiz, Xalqaro chang'ichilar federaciyasi saytida Komiljon To'xtaev licenzion hududda qayd etilgan. Yakuniy licenziatlar kelasi yilning 17 yanvar kuni rasman elon qilinadi. 

Reglamentga ko'ra, mazkur yo'nalishda O'zbekiston terma jamoasi 2 ta yo'llanma (1 erkak va 1 ayol) qo'lga kiritishi mumkin. Hozirda ayollar toifasidagi kvota uchun jiddiy kurash olib borilmoqda.

O'zbekiston chang'i sport turlari federaciyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Turizm va sport vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya tomonidan tasdiqlangan tezkor reja asosida sportchilarimiz bo'lajak startlarga tayyorgarlik olib borishmoqda. Vakillarimiz Rossiya, Eron va Evropa mamlakatlarida o'quv-mashg'ulot yig'inlari hamda musobaqalarda ishtirok etishadi. Mazkur tadbirlarda bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda barcha qoidalarga rioya qilinmoqda va xavfsizlik choralari taminlangan.

Sportchilarimiz bo'lajak Olimpiya o'yinlariga tog' chang'isining slalom va gigant slalom yo'nalishlarida tayyogarlik ko'rishmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing