So’nggi yangiliklar

18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0 13:08Superunited Rapid & Blitz Croatia. Гукеш чемпион бўлган рапид баҳсларида Абдусатторов нечанчи ўринни эгаллади? 0

13 iyu 05:40
Yangiliklar

Sport kurashlari, Tokio-2020

Poland Open. Olimpiada licenziantlari shohsupada. Jalgasbay chempion, Mo'minjon va Elmuratda bronza!

Polsha poytaxti Varshava shahrida sport kurashlari bo'yicha ananaviy xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.

Poland Open reyting turnirida dunyoning ko'zga ko'ringan, aksari Tokio Olimpiadasiga yo'llanma qo'lga kiritgan erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillari ishtirok etyapti. Ular orasida yurtimiz sharafini yunon-rum kurashchilarimiz himoya qilishmoqda. 

Quvonarlisi, yunon-rum kurashi musobaqasining birinchi kuni terma jamoamiz azolari 1 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Ularning uchchalasi Tokio Olimpiadasi licenzianti ekani diqqatga sazovor. 82 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Jalgasbay Berdimuratov barcha raqiblarini engib, Poland Open chempioniga aylandi. Qoraqalpog'istonlik kurashchimiz nimchorak finalda polshalik Ivan Nilipyuk (11-3), chorak finalda estoniyalik Ranet Kaljola (2-0), yarim finalda shveciyalik Aleks Kessidisni (5-1) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Oltin medal uchun kechgan bellashuvda esa ukrainalik Yaroslav Filchakovdan ustun keldi. 

67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan ikki kurashchimiz Mahmud Baxshilloev va Elmurat Tasmuradov bronza medali uchun kechgan bahsda o'zaro to'qnash kelishdi. Tajriba bobida ustunroq bo'lgan Rio Olimpiadasining bronza medali sovrindori, besh karra Osiyo chempioni, Tokio Olimpiadasi licenzianti hisoblangan Tasmuradov o'zbek derbisida g'alaba qozonib, bronza medalini qo'lga kiritdi. Terma jamoamizga ikkinchi bronza medalini 130 kg vazn toifasidagi polvonimiz Mo'minjon Abdullaev taqdim etdi. Tokio Olimpiadasi licenzianti bronza uchun kechgan bellashuvda chililik Yasmani Akosta Fernandesni mag'lubiyatga uchratdi.        

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing