So’nggi yangiliklar

22:46Уимблдон. Ига Свёнтек финалда катта устунлик эвазига ғалаба қозонди ва чемпион бўлди 0 19:15Ботир Аҳмедов Стивенсон — Сепеда жанги учун тахмин билдирди 0 18:54Енгил атлетикачиларимиз Универсиадада қандай таркиб билан иштирок этиши маълум 0 18:33Жервонта Дэвис яна ҳибсга олинди 0 18:12Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди 0 17:51Жанги бекор бўлган Рамазон Темиров Туркияга келди (ФОТО) 0 17:30Холлоуэй энг кучли зарбага эга жангчини айтди – бу Топурия эмас! 0 17:09BKFC 15 миллион долларлик турнирни эълон қилди 0 16:48"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи 0 16:27Собиқ UFC жангчиси Саидёқуб Қаҳрамонов дисквалификация қилинган Улуғбек Рашитовга кескин мурожаат қилди (ФОТО) 0 16:06Дана Уайт: "Махачев Маддаленани мағлуб этса, кейинги рақиб..." 0 15:45Тасдиқланди! Хотамбек Бойназаров чемпионлик камарини собиқ UFC жангчисидан ҳимоя қилади + ПОСТЕР 0 15:24Зинченко Лондоннинг бошқа клубига ўтиши мумкин 0 15:03Эннисдан қолган IBF камари учун кимлар жанг қилиши маълум 0 14:4245 ёшли Винус Уильямсга wild card беришди 0

08 dek 14:43
Yangiliklar

Kurash

Polvonlarimiz jahon chempionatida ishtirok etishadi

9-13 dekabr kunlari Rossiya davlatining Qozon shahrida belbog'li kurash (borba na poyasax) bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Mazkur jahon chempionatiga puxta hozirlik ko'rgan belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollardan iborat terma jamoamiz (bosh murabbiy Azamjon SHokirjonov) ham munosib ishtirok etishlari uchun ertaga Qozon shahriga jo'nab ketishadi.

10 dekabrdan start oladigan jahon chempionati musobaqasida erkaklar belbog'li kurashning klassik va erkin yo'nalishda 8 ta vazn toifasida, xotin-qizlar esa 5 ta vazn toifasida kurash tushishadi. 

Belbog'li kurash bo'yicha milliy terma jamoamiz tarkibidan joy olgan sportchilardan 57 kg. vazn toifasida Oybekjon Hamidov (Namangan), 62 kg.da Husanboy Nosirov (Andijon), 68 kg.da Oybek Sultonov (Andijon), 75 kg.da Nusratbek Sultonboev (Andijon), 82 kg.da Husniddin Ro'ziev (Andijon), 90 kg.da Zaylobiddin Ortiqov (Toshkent sh.), 100 kg.da Azamjon Anvarjonov (Andijon), +100 kg.da SHerzod Rahimov (Farg'ona)lar belbog'li kurashning klassik yo'nalishida musobaqalarda ishtirok etishadi. 

Xotin-qizlar o'rtasida belbog'li kurashning erkin yo'nalish bo'yicha bellashuvlarda 52 kg.da Madinaxon Akramova (Andijon), Farangiz Abdunabieva (Sirdaryo), 57 kg.da Manzuraoy Mo'ydinova (Farg'ona), 66 kg.da Zemfira Azatova (Qoraqalpog'iston), 66 76 kg.da Dilafro'z Mamajonova (Namangan), +76 kg.da Anife  Kurtseitova (Andijon), Sabohat SHeralieva (Farg'ona) g'oliblik uchun kurash tushadi. 

Belbog'li kurashning erkin yo'nalish bo'yicha  erkaklar o'rtasida esa  57 kg.da Abbosjon Hamidov (Farg'ona), 62 kg.da Mamirjon Sulaymonov (Farg'ona), 68 kg.da Xolmirza Hasanboev (Toshkent sh.), 75 kg.da SHavkat Umarov (Farg'ona), Ilhomjon Mashrabov (Andijon), 82 kg.da Azizbek Sodiqov (Farg'ona), 100 kg.da Obidali Mavlonov (Farg'ona), +100 kg.da Davron Abdurahmonov (Farg'ona)lar yurtimiz shanini himoya qilishadi. 

SHuningdek, xalqaro toifadagi hakamlarimizdan Nematulla To'ychiev, Mironshoh Ro'ziev, Toshkentboy Yaxshiboev hamda Sergey Txaklar ushbu jahon chempionatida hakamlik qilishadi. Belbog'li kurash bo'yicha Rossiyaga yo'l olayotgan sport delegaciyamizga O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov rahbarlik qiladi.

Polvonlarimizga jahon chempionatida kuchlilar qatoridan joy olishida muvaffaqiyat tilaymiz! 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing