08 iyu 09:57
Yangiliklar
Sport kurashlari

Osiyo chempionati: U-15 yosh toifasidagi erkin kurashchilarimiz ham kuchli uchlikda yakunlashdi
Qirg'iz Respublikasida sport kurashlari bo'yicha U-15 yosh toifasidagi qita birinchiligi nihoyasiga etdi.
Ortda qolgan kun erkin kurash bo'yicha bellashuvlar o'tkazildi. Unda O'zbekiston terma jamoasi azolari 2 tadan oltin, kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.
Oltin medal:
-38 kg: Asomiddin Badriddinov
-75 kg: Abduqodir Sarsenbaev.
Kumush medal:
-52 kg: Behzodbek Ibrohimov
-68 kg: Muhammadali Mo'ydinov.
Bronza medal:
-48 kg: Yosinali Siddiqov
-57 kg: Ismoiljon Nazirjonov.
Ushbu natija bilan yigitlarimiz umumjamoa hisobida Hindiston va Yaponiyadan keyin uchinchi o'rinni egallashdi. Ertadan ushbu shaharda U-20 yosh toifasidagi bahslar start oladi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar