So’nggi yangiliklar

19:40Абдель-Азиз ижтимоий тармоқларда: "Махачев. Тез орада" 0 19:17Жейк Пол WBA рейтингида ТОП-15'га киритилди 0 18:53"Рома" мухлислари рекорд миқдорда абонемент сотиб олди 0 18:30Царукян Топурияга жавоб қайтарди: "Қўрқув бу - ҳақиқий рақибдан қочиш" 0 18:07Афруза Ҳамдамова Қозоғистондаги турнирдаги ғолиблик орқали 51 балл ишлаб олди 0 17:45"Идеал вариант". Илия Топурия кейинги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 17:23Фофанага қизиқувчилар сони ортмоқда: Англиядан икки таклиф бор 0 17:00Топурия Гэтжи билан жанг қилишни истамаяпти 0 16:38Эмма Радукану "Уимблдон"да муваффақиятли старт олди 0 16:16Темиров - Алмабаев жанги ғолибига даъвогар билан жанг қилиш таклифи берилди 0 15:55Станислав Черчесов: "Нега Ўзбекистон мундиалдаги "сюрприз" жамоа бўлмаслиги керак?" Станислав Черчесов билан эксклюзив интервью 0 15:28Топурия: "Царукян қўрқиб қолган. У жанг қилмаслиги аниқ бўлганда вазн қила олади" 0 15:05Уимблдон. Амалдаги чемпион 4,5 соатлик учрашув ўтказди 0 14:42WBA рейтинги янгиланди: Шаҳрам ва Бектемир биринчи ўринда қолди. Қолганларнинг ўрни қандай? 0 14:21Алонсонинг биринчи "қурбони": "Реал" устози ҳимоячиларнинг биридан воз кечди 0

28 sen 09:12
Yangiliklar

Karate

Premer-Liga g'oliblari kelasi yili ikki barobar mukofot bilan taqdirlanishadi

Teglar :  Premer ligaKarate
Jahon karate federaciyasi (WKF) Premer-liga g'oliblarini taqdirlash marosimini 2021 yilga qoldirilganini elon qildi.

Kalendar rejaga asosan joriy yilda Karate 1 Premer-Ligasining faqatgina uchta turniri, xususan, 24-26 yanvar kunlari Parijda, 14-16 fevral kunlari Dubayda va 28 fevral – 1 mart kunlari Zalcburgda o'tkazilgan edi. Koronavirus pandemiyasi sabab 13-15 mart kunlari Rabotda va 17-19 aprel kunlari Madridda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Premer-Liga musobaqalari bekor qilindi, 9-11 oktyabr kunlari Moskvada o'tkazilishi rejalashtirilgan turnir esa keyinroqqa qoldirildi. Endilikda 2020 va 2021 yilning ikki mavsumi birlashtirilib, 2020-2021 yilgi mavsum deb nomlanadi.

Bosh sovrin 2020-2021 yillarda Premer-Liga turnir jadvalida 12 ta kategoriya bo'yicha birinchi o'rinni egallagan ishtirokchilarga beriladi.

Bundan tashqari, WKF ikki mavsumning sovrin mablag'larini birlashtirishga qaror qildi. Kelgusida o'tkaziladigan turnirlarning yangi g'oliblari maxsus marosimda topshiriladigan kubok bilan birga ikki barobar pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 2020-2021 yilgi mavsum g'oliblarini taqdirlash marosimi 2021 yilning 1-3 oktyabr kunlari Moskvada o'tkaziladigan musobaqa paytida yoki 2022 yilning birinchi Premer-Liga turnirida bo'lib o'tishi mumkin.

«Biz, Karate 1 Premer-Liga g'oliblarini taqdirlash marosimini 2021 yilga qoldirilishini, avvalambor, sportchilarning manfaatlarini hamda tashkilotimizning obro'sini himoya qilish uchun eng yaxshi echim deb hisoblaymiz», – deyiladi WKF rasmiy bayonotida.

Malumot uchun, avvalgi Karate 1 Premer-Liga g'oliblarini taqdirlash marosimi joriy yilning yanvar oyida Parijda o'tkazilgan turnirda tashkil etilgan edi. O'shanda g'oliblar ro'yxati quyidagicha ko'rinish olgan:

Yakka kata erkaklar: Rio Kiyuna (Yaponiya);

Kumite erkalar:

-60 kg: Darxan Asadilov (Qozog'iston);
-67 kg: Stiven Dakosta (Franciya);
-75 kg: Rafael Agaev (Ozarboyjon);
-84 kg: Ugur Aktas (Turkiya);
+84 kg: Sayad Ganjade (Eron);

Yakka kata ayollar: Sandra Sanchez (Ispaniya);

Kumite ayollar:

-50 kg: Serap Ozchelik (Turkiya);
-55 kg: Anjelika Terlyuga (Ukraina);
-61 kg: Syaoyan In (Xitoy);
-68 kg: Irina Zareckaya (Ozarboyjon);
+68 kg: Ayumi Uekusa (Yaponiya).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing