So’nggi yangiliklar

18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0 13:38Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

27 may 08:31
Yangiliklar

Ot Sporti

Prezident qarorining ijrosi amalda

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan joriy yilning 11 mart kuni imzolangan “Yilqichilik va ot sportini yana-da rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.

O'zbekiston yilqichilik va ot sporti federaciyasi hamda O'zbekiston polo federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev boshchiligidagi ishchi guruh ayni paytda Respublikamiz bo'ylab viloyatlardagi ot sportiga ixtisoslashgan maktablar va yirik otxonalarni ko'zdan kechirmoqda.

Mutasaddilar dastlab Samarqand viloyatida bo'lishdi. Hozir esa Andijon viloyatidagi asosiy otxona va ot sportiga ixtisoslashgan maktablar o'rganilmoqda. Malumki, yurtimizda axalteke va qorabayir otlarini etishtiradigan ko'plab mutaxassislar mavjud. Ishchi guruh tashrif davomida hududlardagi ana shunday vakillar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha bir qator istiqbolli kelishuvlarga erishmoqda. Maqsad esa mamlakatimizda zotdor va naslli otlarni ko'paytirish orqali ot eksportini yo'lga qo'yish, yurtimizda ot sportini yana-da rivojlantirishdir.

O'rganishlar natijasida aniqlangan kamchilik va muammolar muhokama qilinib, kerakli tavsiyalar berildi. Takidlash joiz, federaciya rahbariyati kelgusida Respublikamizning barcha hududlariga safar uyushtirib, viloyatlarning bu boradagi imkoniyatlarini o'rganib chiqishni rejalashtirgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing