So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

30 may 17:32
Yangiliklar

Boks/MMA

Professional boks: yana bir WBC kamari O'zbekistonda

Kecha poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida professional boksning WBC yo'nalishida 55.2 kg vazn toifasida MDH, SHarqiy Evropa va Boltiqbo'yi davlatlari chempionlik kamari uchun jang bo'lib o'tdi.

Unda Toshkentning "Befit" klubi azosi Islombek Pirmanov ozarbayjonlik Rauf Agaevga qarshi mazkur kamar uchun ringga chiqdi.

10 raundga mo'ljallangan jangning ilk raundlarida kuchlar teng holatda ko'rinish olgan bo'lsa, 3-4-raundlar hamyurtimizning katta ustunligi ostida o'tdi. 5-raundning dastlabki daqiqasida hamyurtimizning kuchli zarbalari ozarbayjonlik bokschini muvozanatdan chiqardi va uchrashuvni texnik nakaut bilan yakunlanishiga olib keldi. Jang yakunida WBC yo'nalishining MDH, SHarqiy Evropa va Boltiqbo'yi mamlakatlari byurosi mutasaddilari Islombekka kamarni taqdim etishdi.

Professional boksdagi faoliyati mobaynida hozircha biron marta mag'lubiyatga uchramagan qoraqalpog'istonlik Islombek Pirmanovning g'alabasi sharafiga musobaqada O'zbekiston madhiyasi yangradi.

Ushbu musobaqa doirasida mamlakatimizning bir qator yosh bokschilari reyting janglarini o'tkazishdi. Ulardan Abduhamid Hakimov, Nuriddin Egamberdiev, Obidjon Tohirov, Xojiakbar Qodiroxunov, Eldorbek Saidov, Timur Merjanov va Behruz Rahmonov g'oliblikka erishdi.

G'oliblarni taqdirlash marosimida Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston professional boks federaciyasi raisi Isroil Yunusov, boks bo'yicha Olimpiya chempioni Muhammadqodir Abdullaevlar ishtirok etdi.

CHempionlikka erishgan bokschilarga O'zbekiston professional boks federaciyasi sertifikatlari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing