So’nggi yangiliklar

20:09Рио-де-Жанейродаги UFC турнирининг асосий жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:55Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди 0 17:34Царукян: "Топурия менга ютқазишини сезмоқда, камарни топшириб қўйгани яхшироқ" 0 17:13Разамбек Жамалов Баҳодир Жалолов билан ҳордиқ чиқармоқда (ВИДЕО) 0 16:52Антидопинг агентлиги Лазизбек Мулложоновнинг вазияти бўйича маълумот берди 0 16:31Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти 0 16:11Дю Плесси: "Чимаев зўр курашчи, лекин бу ММА" 0 15:50Терма жамоамиз дзюдочилари машғулотларда кучга ишлашяпти (ФОТО) 0 15:29Имавов нима учун дю Плесси — Чимаев жанги учун захира жангчи бўлишдан бош тортганини айтди 0 15:08"Буларнинг барчаси миш-миш" - Игорь Сергеев МТЖга хорижлик мураббий келиши мумкинлиги ҳақида 0 14:47"Ислам Махачев жуда қийин вазиятда" - Соннен 0 14:26Милан ва Кортина д'Ампеццо-2026 қишки Олимпия ўйинлари бошланишига 6 ойдан камроқ вақт қолди 0 14:05Жалоловнинг Усик билан жанги қачон бўлиши мумкинлиги айтилди 1 13:44U-17 аёллар Осиё Кубоги саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон рақибларини билиб олди 0 13:23Хотамбек Бойназаров: "Хамзатнинг ўзи сени UFC'га ўтказаман, деди" 0

29 mar 19:35
Yangiliklar

Kurash

Qadim Rim shahrida kurash bo'yicha xalqaro seminar o'tkazildi + FOTO

Teglar :  KurashItaliya
Azaliy qadriyatlarimizdan biri bo'lmish kurashning dovrug'i bugun jahon sport arenalarida baralla yangrab, millionlab muxlislar ko'nglidan joy egalladi.

Bugun kurashni O'zbek brendi ostida nafaqat mamlakatimizda balki, dunyoning barcha qitalarida keng ommalashtirish  bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. SHu jumladan Evropa mamlakatlarida ham.

Malumot o'rnida, xozirgacha Franciya, Buyuk Britaniya, Italiya, Vengriya, Greciya va boshqa Evropaning rivojlangan davlatlarida kurash bo'yicha nufuzli xalqaro turnirlar va chempionatlar o'tkazildi.

Milliy sportimiz evropaliklarga manzur kelib, kurashning yosh ixlosmandlari soni tobora ortib borayotganligi quvonarli albatta. Bu o'z navbatida tajribali murabbiylarga bo'lgan talabni oshirmoqda.

Xalqaro kurash associaciyasining joriy taqvim rejasiga asosan 26-27 mart kunlari Xalqaro kurash instituti rahbariyati boshchiligidagi delegaciya jahon civilizaciyasi markazlaridan biri, ko'hna va afsonaviy Rim shahrida Evropa kurash konfederaciyasi va Italiya kurash federaciyasi hamkorligida Evropa  kurash federaciyalari murabbiylari va mutaxassislari uchun xalqaro seminar o'tkazdi.

San-Gabriel sport majmuasida tashkil etilgan seminarning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov, Italiya kurash federaciyasi prezidenti Vittorio Giorgi hamda Italiya sport tashkilotlari vakillari Antonio Langano va Paolo Anedda va boshqalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimi yakunida Xalqaro kurash instituti rektori Xabibullo Tojiev yuqori martabali mehmonlarga estalik sovg'alarini taqdim etdi.

IKA texnik direktori Reza Nosiri tomonidan o'zbekistonlik mahoratli murabbiylar   bilan birgalikda Italiya, Greciya, Malta   va boshqa Evropa mamlakatlari kurash federaciyalarining 40 nafardan ziyod vakillari,  kurash murabbiylari va mutaxassislari uchun kurashning barcha usul va qoidalari bo'yicha ham nazariy ham amaliy saboqlar berildi.

  • Kurashga halollik va gumanizm g'oyalari tufayli mehr qo'yganman. Kurash orqali O'zbekistonni, o'zbek xalqini, uning o'ziga xos urf-odatlari bilan tanishdim, bu yurtga bo'lgan hurmatim va mehrim yanada ortdi, - deydi, IKA texnik direktori, IKI  ilmiy bo'limi rahbari Rizo Nosiri. Nufuzli musobaqalarda halol, yonbosh, to'xta degan kurash iboralari yangraganida, qalbim g'urur va iftixorga to'ladi. Maqsadim, ming yillik tarixga ega kurashning boy ananalarini jahon xalqlariga  keng tanitish,  ko'plab shogirdlar etishtirish. Bugungi seminar ishtirokchilar ko'zida shu kabi jonli ishtiyoqni ko'rib mamnun bo'ldim. 

Master-klass ZOOM platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etildi. Seminarning ikkinchi yakuniy kunida muhim uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Xususan, "Libertas" Sportni ommalashtirish milliy associaciyasi Bosh direktori Fabio Kaizzo sport majmuasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida kurash sportini Evropa davlatlarida yanada ommalashtirish bo'yicha o'zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olindi. Yakunda barcha ishtirokchilarga Xalqaro Kurash instituti tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing