So’nggi yangiliklar

13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0

02 noy 10:52
Yangiliklar

Ot Sporti

Qadimiy CHavgon o'yinimiz asosida shakllangan Polo sport turi bo'yicha ilk musobaqa bo'lib o'tdi

Teglar :  CHavgonPolo
CHavgon o'yini juda qadimiy ildizlarga ega.

O'z qoidalari va ko'rinishi jihatidan ko'pkari va xokkeyga ham o'xshab ketadi. O'yinchilar – maxsus suvorilar otga minib, milliy chavandozlik kiyimlarida maydonga tushganlar. Ular ikki guruhdan iborat bo'lib, o'rtada chavgon to'pi talash bo'lgan. Har ikki tomondan 5-6 nafardan o'yinchi qatnashib, raqib darvozasiga kim qancha ko'p to'p kiritsa, o'yin so'ngida o'sha tomon g'olib topilgan.

Tarixiy manbalarga ko'ra: CHavgon o'yini Markaziy Osiyo xalqlari o'rtasida keng ommalashgan bo'lib, xususan yurtimiz hududida XI asrdan buyon mavjud. Bu haqda Firdavsiyning «SHohnoma» asarida qimmatli malumotlar bor. Jumladan, Siyovush bilan Afrosiyob o'rtalarida chavgon o'yini o'tkazilgani hikoya qilinadi.

Buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda bu o'yinning yuksak darajada rivojlanishiga sababchi bo'ldi. Natijada sportning bu turi u erdan Buyuk Britaniyaga ko'chdi, keyinchalik esa Evropa va Amerika qitalaridagi mamlakatlarga tarqaldi, hattoki olimpiada o'yinlari dasturiga ham kiritildi.

Malumotlarga ko'ra 1850 yilda Hindistonda xizmat qilayotgan ingliz otliq askarlari chavgon o'yiniga qiziqib qolishgan va dastlabki musobaqalarni o'tkazishgan. 1871 yilda Buyuk Britaniyada chavgon (polo) musobaqasi tashkil qilingan.

SHu tariqa chavgon oldin Evropa, keyin Amerika davlatlariga tarqalgan.

CHavgon 1900, 1904, 1920, 1924 va 1936 yillarda bo'lgan olimpiada o'yinlari dasturidan ham joy olgan. Zamonaviy chavgon o'yini hozirda polo deb ataladi.

O'zbekistonda ham mazkur sport turini keng rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish maqsadida joriy yilning boshida O'zbekiston Polo federaciyasi davlat ro'yxatidan o'tkazilgan edi.

Bugun poytaxtimizdagi “Universal jumping club” majmuasida polo sporti bo'yicha ilk musobaqa tashkil etildi.

Tantanali ochilish marosimidan so'ng maydonga «Temuriylar» va «Boburiylar» jamoalari kirib keldi.

Qizg'in va hayajonga boy bo'lgan bahslar yakunida g'olib jamoa nomi malum malum bo'ldi.

Andijonlik chavondondozlardan iborat Boburiylar jamoasi qashqadaryolik raqiblari Temuriylarni 6-5 hisobida mag'lub etishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing