So’nggi yangiliklar

00:28Жаҳон чемпионати: Фазлиддин Эркинбоев туркиялик рақиби устидан ишончли ғалабага эришди 0 23:21Абдумалик Халоков Жаҳон чемпионати чорак финалига йўл олди 0 22:22"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси Эронни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди 0 22:20Навбаҳор Ҳамидова Ливерпулдаги ЖЧни муваффақиятли бошлади 0 19:18Тўрабек Хабибуллаев ЖЧ чорак финалига йўл олди, навбатдаги рақиб Қозоғистондан бўлади 0 18:30Жозеф Паркер Фабио Уордли билан жанг қилади, сана ва манзил аниқ 0 18:09Бокс. Шавкатжон Болтаев камбэк амалга ошириб, ЖЧ учинчи босқичига йўл олди 0 17:53ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади (ФОТО) 0 17:32Алекс Перейра UFC’да вазн тоифасини ўзгартириши мумкинлигини айтди 0 17:10WTA рейтинги. Соболенко пешқадамлигини мустаҳкамлади. Тўрт теннисчимиз юқорилади 0 16:48ЖЧ-2025. Нигина Ўктамованинг ғалабали юриши давом этади: боксчимиз чорак финалга йўл олди 0 16:37Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум 0 16:16Дональд Трамп кузатган, Алькараз навбатдаги чемпионликни қўлга киритган US Open финалидан ажойиб суратлар (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 15:55Рой Жонс Усикни мағлуб эта оладиган боксчи кимлигини айтди 0 15:32Формула-1. Макс Ферстаппен – Италия Гран-приси ғолиби! 0

30 dek 14:42
Yangiliklar

Tadbirlar

Qashqadaryoda “Yil sportchilari” taqdirlandi

Yil davomida ijobiy natijalarga erishgan vohalik murabbiylar, sportchi va homiylarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qashqadaryolik sportchilar 2022 yilda Respublika va nufuzli xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, Jahon chempionatlarida 32 ta, Osiyo chempionati va kuboklarida 108 ta, xalqaro turnirlarda 86 ta, O'zbekiston chempionati va kuboklarida 1693 ta medallarni qo'lga kiritishdi.

Viloyatda ommaviy sportni rivojlantirish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Yil davomida 10 464 ta ommaviy sport tadbirlari tashkil etilib, 792 862 nafar yoshlar qamrab olindi.

SHuningdek, Respublika darajasidagi 15 ta, viloyat darajasidagi 121 ta, tuman va shahar darajasidagi 2217 ta sport musobaqalari tashkil qilindi.

Hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan 11 ta sport turi bo'yicha tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari yoshlarimizni bir maqsad sari birlashtirdi va ushbu musobaqa yoshlar o'rtasidagi kichik olimpiadaga aylanib ketdi. 

Eshik qoqib kelayotgan “Insonga etibor va sifatli talim yili”da ham sport talim muassasalarida talim sifatiga alohida etibor qaratiladi. 

Jumladan, viloyat yoshlarini muntazam sport bilan shug'ullanishiga sharoit yaratish maqsadida Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hududida kamondan otish majmuasi quriladi hamda  boks sport zali mukammal tamirdan chiqariladi. Qarshi shahrida boks, kurash mahorat maktablari hamda chavandozlar maktabi barpo etiladi.

Tantanali o'tgan taqdirlash marosimida dzyudochilar ham esdan chiqmadi.  Yakkabog' tumani BO'SM dzyudo treneri Yashnarbek Bo'riev "Yilning eng yaxshi murabbiyi" deb topildi. 

Qashqadaryo viloyati sharafini himoya qilib kelayotgan Kamoliddin Baxtiyorov, Abbos SHermahmatov, Islombek Ravshanqulov, Nurbek Murtazoev, SHerdor Rahmatov, Farangiz Xolmurodova va Mohinur Parmonova esa Viloyat hokimligi tomonidan 10 000 000 so'mdan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing