09 avg 12:16
Yangiliklar
Taekvondo

Qashqadaryoda “Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari" sport musobaqalarining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA
Qarshi shahridagi Kurash mahorat maktabi sport zalida taekvondo WT sport turin hududiy bosqichining tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
Tantanali marosimda taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Aleksandr Kim, viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Vahob Ro'ziev, sportchilar, hakamlar va trenerlar ishtirok etishdi.
Ochilish marosimidan so'ng taekvondo WT turi bo'yicha bahslar o'tkazilib, mintaqaviy saralash bosqichlarida g'olib bo'lgan 150 nafardan ziyod sportchi o'g'il-qizlar o'zaro bellashishdi. Hududiy bosqichda 1-o'rinni qo'lga kiritgan sportchilar “Prezident olimpiadasi” — yani musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish imkonini qo'lga kiritdi.
SHiddatli va murosasiz o'tgan musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar aniqlanib diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar